Samsung SM-R965FZKAEUA Galaxy Watch6 Classic Lte 47mm

User Manual - Page 580

For SM-R965FZKAEUA.

PDF File Manual, 592 pages, Download pdf file

Loading ...
Loading ...
Loading ...
O'zbek
579
Rad etish
Ushbu qurilma orqali ulanadigan ba’zi tarkib va xizmatlar uchinchi tomonga tegishli bo‘lib, ular
mualliflik huquqi, patent, savdo belgisi yoki boshqa intellektual mulk haqidagi qonunlar bilan
himoyalangan. Bunday tarkib va xizmatlar faqatgina shaxsiy notijorat maqsadida foydalanish uchun
taqdim etiladi. Biror bir tarkib yoki xizmatdan uning egasi yoki ta’minotchisi tomonidan ruxsat etilmagan
maqsadlarda foydalanishingiz mumkin emas. Yuqoridagilarga tayangan holda, agar tarkib egasi yoki
xizmat ta’minotchisi ruxsat bermagan bo‘lsa, quyidagilarni bajarish ta‘qiqlanadi: ushbu qurilma orqali
korsatilayotgan har qanday tarkib yoki xizmatni o‘zgartirish, nusxalash, qayta tahrirlash, yuklab olish,
jo‘natish, boshqalarga o‘tkazish, tarjima qilish, sotish, ijodiy ishlarni yaratish, ta‘qiqlangan maqsadlarda
foydalanish.
“UCHINCHI TOMON TARKIB VA XIZMATLAR TA’MINOTI KAFOLATLANMAGAN. SAMSUNG TARKIB
YOKI XIZMATLARNI ISTALGAN MAQSADDA ANIQ YOKI NAZARDA TUTILGAN HOLATDA ISHLATILISHI
TA’MINLANISHINI KAFOLATLAMAYDI. SAMSUNG NAZARDA TUTILUVCHI SHARTLARNI QAT’IYAN RAD
ETADI, MA’LUM MAQSADNI KO‘ZLOVCHI TOVAR VA YAROQLILIK KAFOLATI BILAN CHEKLAMAY, ULARNI
O‘Z ICHIGA OLGAN HOLDA. SAMSUNG HECH QACHON USHBU QURILMA ORQALI OLINUVCHI TARKIB
YOKI XIZMATLARNING ANIQLIGI, ASOSLANGANLIGI, PUNKTUALLIGI, QONUNIYLIGI VA TO‘LIQLILIGINI
KAFOLATLAMAYDI, JUMLADAN, USHBU QURILMA ORQALI OLINUVCHI TARKIB YOKI XIZMATLARDAN
YOKI ULARDAGI MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH ORQALI KELUVCHI, U SHARTNOMA YOKI IJTIMOIY
TAMOYIL BO‘LISHIDAN QAT’IY NAZAR, BEVOSITA, BILVOSITA, TASODIFIY YOKI ATAYIN YETKAZILGAN
ZARARLAR, ADVOKATLAR UCHUN GONORARLAR YOKI BOSHQA HARAJATLAR UNDIRIB BERILMAYDI.
Uchinchi tomon xizmatlari istalgan vaqtda to‘xtatilishi yoki uzib qo‘yilishi mumkin va Samsung har
qanday tarkib yoki xizmatdan ma’lum bir muddat davomida foydalanish mumkinligi haqida hech
qanday tasdiq yoki kafolat bermaydi. Uchinchi tomon tarkib va xizmatlari Samsung tomonidan
nazorat qilinmaydigan uzatish tarmoqlari va vositalari orqali uzatiladi. Ushbu qo‘shimcha shartlarni
chegaralamagan holda, Samsung ushbu qurilma orqali foydalaniluvchi har qanday tarkib yoki
xizmatning to‘xtatilishi yoki uzib qo‘yilishi uchun hech qanday javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmaydi.
Samsung tarkib va xizmatlar bilan bog‘liq foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun javobgar
emas. Tarkib yoki xizmat bilan bog‘liq har qanday so‘rov yoki yordam uchun ushbu tarkib yoki xizmat
ta’minotchilariga murojaat qilinishi lozim.
Loading ...
Loading ...
Loading ...