Samsung SM-R965FZKAEUA Galaxy Watch6 Classic Lte 47mm

User Manual - Page 572

For SM-R965FZKAEUA.

PDF File Manual, 592 pages, Download pdf file

Loading ...
Loading ...
Loading ...
O'zbek
571
Diqqat
Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga amal qilmaslik shikastlanishga
yoki qurilmaning zararlanishiga olib kelishi mumkin
Qurilmangizdan boshqa elektron qurilmalar yaqinida foydalanmang
Ko‘pgina elektron qurilmalar radio chastota signallaridan foydalanadi. Qurilmangiz boshqa elektron
qurilmalar bilan to‘qnashishi mumkin.
Qurilmangizdan shifoxona, samolyot yoki radio chastota tomonidan halaqit berilishi mumkin bo‘lgan
avtomatik moslamalarda foydalanmang
Qurilmangiz va kardiostimulyator orasida 15 sm masofa qoldiring, chunki qurilmangiz
kardiostimulyator bilan to‘qnashishi mumkin.
Kardiostimulyator bilan to‘qnashish ehtimolini kamaytirish uchun qurilmangizni tanangizning
kardiostimulyatordan eng uzoqda joylashgan tomonida ishlating.
Agar tibbiy uskunadan foydalansangiz, qurilmangizni ishlatishdan avval radio chastotalar
qurilmangizga zarar yetkazish yoki yetkazmasligi haqidagi ma’lumotlarni olish uchun uskuna ishlab
chiqaruvchisi bilan bog‘laning.
Samolyotda elektron qurilmalardan foydalanish samolyotning elektron navigatsiyalash asboblari
faoliyatiga halaqit berishi mumkin. Aviakompaniya tartib-qoidalari va samolyot xodimlarining
korsatmalariga rioya qiling. Qurilmadan foydalanishga ruxsat berilgan holatlarda, undan faqat
parvoz rejimida foydalaning.
Qurilmangizdan chiqayotgan radio to‘lqinlar sababli avtomobilingizdagi elektron qurilmalar
bir maromda ishlamasligi mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun ishlab chiqaruvchi bilan
bog‘laning.
Qurilmani qalin tutun mavjud bo‘lgan joylarga yaqinlashtirmang
Bunday qilish qurilmaning tashqi korpusiga yoki uning ishlashiga zarar yetkazishi mumkin.
Agar eshitishda muammolarga duch kelsangiz, radio aralashuv haqidagi ma’lumotlarni olish uchun
ishlab chiqaruvchi bilan bog‘laning
Qurilmangizdan chiqarilgan radio to‘lqinlar eshitish bilan bog‘liq ba’zi muammolarga olib kelishi
mumkin. Qurilmangizni ishlatishdan avval, qurilma tomonidan chiqariladigan radio to‘lqinlar eshitish
bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘lishi yoki bo‘lmasligi haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ishlab
chiqaruvchi bilan bog‘laning.
Qurilmangizni ovoz tizimlari yoki radio antennalari kabi radio chastotalar ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan
qurilma yoki uskunalar yaqinida ishlatmang
Radio chastotalari qurilmangizning ishlashiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Loading ...
Loading ...
Loading ...