Samsung SM-R965FZKAEUA Galaxy Watch6 Classic Lte 47mm

User Manual - Page 578

For SM-R965FZKAEUA.

PDF File Manual, 592 pages, Download pdf file

Loading ...
Loading ...
Loading ...
O'zbek
577
Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalang va maxfiy ma’lumotlarning e’lon qilinishi yoki boshqa
maqsadlarda ishlatishini oldini oling
Qurilmangizdan foydalanayotgan vaqtda, muhim fayllarni arxivlashni esdan chiqarmang. Samsung
ma’lumot yo‘qolishi uchun javobgar emas.
Qurilmangizni tashlayotgan vaqtda, barcha ma’lumotlarni zaxiralang va undan song shaxsiy
ma’lumotlaringiz nomaqbul maqsadlarda ishlatilmasligi uchun qurilmangizni ishlab chiqaruvchi
parametrlariga qaytaring.
Ilovalarni yuklab olayotganda, ruxsatnomalar oynasini diqqat bilan o‘qing. Ko‘pgina funksiyalarga
kirish yoki shaxsiy ma’lumotlaringizning kop qismidan foydalanish imkoniga ega ilovalar bilan
ishlayotganda juda ehtiyot bo‘ling.
Hisob qaydnomangizni tasdiqlanmagan yoki shubhali foydalanishlardan himoyalash uchun tez-tez
tekshirib turing. Agar shaxsiy ma’lumotlaringizdan noqonuniy maqsadlarda foydalanish belgilarini
aniqlasangiz, hisob qaydnomadagi ma’lumotlaringizni o‘zgartirish yoki o‘chirish uchun xizmat
ta’minotchingizga murojaat qiling.
Qurilmangiz yo‘qolgan yoki og‘irlangan hollarda, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun
hisob qaydnomangiz parolini o‘zgartiring.
Noma’lum manbalardan kelgan ilovalarni ishlatmang va qurilmangizni namuna chizish, parol yoki
PIN-kod yordamida bloklang.
Mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan materiallarni tarqatmang
Tarkib egasining ruxsatisiz mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan materiallarni tarqatmang.
Bunday qilish mualliflik huquqiga oid qonunlar buzilishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi
foydalanuvchining mualliflik huquqi bilan himoyalangan materialdan noqonuniy foydalanishi oqibatida
yuzaga kelgan qonun buzilishlariga javobgar emas.
Zararli dastur va viruslar
Qurilmangizni zararli dastur va viruslardan himoya qilish uchun quyidagi maslahatlarga rioya qiling.
Ularga amal qilmaslik kafolat tomonidan qoplanmaydigan ma’lumotlarning yo‘qolishiga sabab bo‘lishi
mumkin
Noma’lum ilovalarni yuklab olmang.
Ishonchli bo‘lmagan veb-saytlarga kirmang.
Shubhali xabarlarni yoki noma’lum yuboruvchilardan kelgan xabarlarni o‘chiring.
Parol ornating va uni tez-tez o‘zgartirib turing.
Bluetooth kabi simsiz funksiyalar ishlatilmayotganda, ularni ochirib qoʻying.
Agar qurilmada qandaydir muammolarni sezsangiz, zararlanish mavjudligini tekshirish uchun
antivirus ilovasini ishga tushiring.
Yangi yuklab olingan ilova va fayllarni ishga tushirishdan oldin antivirus ilovasini oching.
Kompyuteringizga antivirus ilovalarini ornating va zararlanishni tekshirish uchun ularni ishga
tushiring.
Registr parametrlarini tahrirlamang yoki qurilmaning operatsion tizimini o‘zgartirmang.
Loading ...
Loading ...
Loading ...