Samsung SM-R965FZKAEUA Galaxy Watch6 Classic Lte 47mm

User Manual - Page 569

For SM-R965FZKAEUA.

PDF File Manual, 592 pages, Download pdf file

Loading ...
Loading ...
Loading ...
O'zbek
568
Xavfsizlik ma’lumoti
Qurilmani ishlatishdan oldin ushbu muhim xavfsizlik ma’lumotlarini o‘qib chiqing. U qurilmalar
uchun umumiy xavfsizlik ma’lumotlariga va Sizning qurilmangizga tegishli bo‘lmagan tarkibga ega
bo‘lishi mumkin. O‘zingiz va boshqalarga yoki qurilmangizga zarar yetkazmaslik uchun ogohlantirish
korsatmalariga rioya qiling.
“Qurilma” termini mahsulot va uning batareyasi, zaryadlash qurilmasi, mahsulot bilan birga
taqdim etilgan elementlar va mahsulot bilan ishlatiladigan barcha Samsung tomonidan
tasdiqlangan aksessuarlarni bildiradi.
Ogohlantirish
Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga amal qilmaslik jiddiy
shikastlanishga yoki o‘limga olib kelishi mumkin
Qurilmangiz tarkibida magnitlar mavjud. Uni kredit kartalaridan, implantlangan tibbiy qurilmalardan
va magnitlar ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan boshqa qurilmalardan uzoqroq tuting. Qurilmangizni tibbiy
qurilmalardan kamida 15 sm uzoqlikda tuting. Tibbiy qurilmaning ishlashiga to‘sqinlik qilish haqida
shubha tug‘ilsa, qurilmadan foydalanishni to‘xtating va shifokor yoki tibbiy qurilma ishlab chiqaruvchisi
bilan maslahatlashing
Zararlangan elektr kabellari va vilkalaridan yoki bo‘shab qolgan elektr manbai uyasidan foydalanmang
Himoyalanmagan ulanishlar elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qurilma, quvvat kabellari, vilkalari yoki elektr rozetkalarga ho‘l qo‘l yoki boshqa ho‘l tana a’zolari bilan
teginmang
Bunday qilish elektr toki urishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Kabelni chiqarib olayotganda vilkani qattiq tortmang
Bunday qilish elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Elektr kabelini egmang yoki zararlamang
Bunday qilish elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qurilma zaryadlanayotganda, qurilmani ho‘l qo‘l bilan ishlatmang
Bunday qilish elektr toki urishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Loading ...
Loading ...
Loading ...