Samsung SM-R965FZKAEUA Galaxy Watch6 Classic Lte 47mm

User Manual - Page 570

For SM-R965FZKAEUA.

PDF File Manual, 592 pages, Download pdf file

Loading ...
Loading ...
Loading ...
O'zbek
569
Zaryadlash qurilmasining musbat va manfiy uzatgichlarini bir-biriga ulamang
Bunday qilish yong‘inni keltirib chiqarishi yoki jiddiy shikast yetkazishi mumkin.
Momaqaldiroq vaqtida qurilmangizdan binodan tashqarida foydalanmang
Bunday qilish elektr toki urishi yoki qurilmaning buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan zaryadlash qurilmalari, aksessuarlar va ta’minotdan
foydalaning.
Umumiy zaryadlash qurilmalaridan foydalanish, qurilmaning xizmat ko‘rsatish muddatini qisqartirishi
yoki uning buzilishiga olib kelishi mumkin. U yong‘in kelib chiqishiga yoki batareyaning portlashiga
sabab bo‘lishi mumkin.
Faqatgina Samsung tomonidan tasdiqlangan va qurilmangiz uchun mo‘ljallangan batareya,
zaryadlash qurilmasi va kabellardan foydalaning. Mos kelmaydigan batareya, zaryadlash qurilmasi va
kabel jiddiy shikastlanishga olib kelishi yoki qurilmangizga zarar yetkazishi mumkin.
Samsung tomonidan tasdiqlanmagan aksessuarlar va ehtiyot qismlardan foydalanilgan taqdirda,
Samsung qurilma foydalanuvchisining xavfsizligi uchun javobgar hisoblanmaydi.
Qurilmangizni orqa chontaklaringizda yoki belingizda olib yurmang
Agar qurilma katta bosim bilan bosilsa, qurilmaga zarar yetishi, u portlashi yoki yonib ketishi mumkin.
Biror narsaga urilsangiz yoki yiqilsangiz Sizga shikast yetishi mumkin.
Qurilmani tushirib yubormang yoki uni shikastlovchi harakatlar qilmang
Bu qurilma yoki batareyaga shikast yetkazishi, qurilmaning buzilishi yoki xizmat qilish muddatining
qisqarishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shuningdek bu qizib ketish, kuyish, yong‘in chiqishi yoki boshqa xavflarga sabab bo‘lishi mumkin.
Qurilma va zaryadlash qurilmasini ehtiyotkorlik bilan ushlang va joylashtiring
Hech qachon batareya yoki qurilmani olovga tashlamang. Qurilma yoki batareyalarni mikroto‘lqinli
pech, duxovka va radiatorlar kabi qiziydigan qurilmalar ustiga yoki ichiga qo‘ymang. Qurilma
qiziganda portlab ketishi mumkin. Ishlatilgan qurilma yoki batareyani tashlab yuborishda mahalliy
qonunlarga rioya qiling.
Hech qachon qurilmani bo‘laklarga ajratmang yoki teshmang.
Batareyaning yuqori bosim ostida qoldirmang, chunki bu qisqa tutashuv yoki qizib ketishga sabab
bo‘lishi mumkin.
Qurilma, batareya va zaryadlash qurilmasini zarar yetkazilishdan himoyalang
Qurilma yoki batareyani juda sovuq yoki juda issiq haroratda qoldirmang.
Judayam yuqori yoki past harorat qurilmaga zarar yetkazishi va qurilma va batareyaning xizmat qilish
muddatini kamaytirishi mumkin.
Zararlangan zaryadlash qurilmasidan foydalanmang.
Qobig‘i qatlamlangan yoki buzilgan kabelni ishlatmang, shuningdek buzilgan yoki noto‘g‘ri bo‘lgan
zaryadlash qurilmasi yoki batareyadan foydalanmang.
Batareya tarkibi oqib ketganda, qurilmani yoqmang yoki undan foydalanmang.
Loading ...
Loading ...
Loading ...