Samsung SM-R965FZKAEUA Galaxy Watch6 Classic Lte 47mm

User Manual - Page 573

For SM-R965FZKAEUA.

PDF File Manual, 592 pages, Download pdf file

Loading ...
Loading ...
Loading ...
O'zbek
572
Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda qurilmani o‘chiring
Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda har doim o‘zini tutish qoidalari, normativ hujjatlar va
belgilarga amal qiling.
Yoqilg‘i quyish shaxobchalarida, yoqilg‘i yoki kimyoviy moddalar yaqinida yoki portlash qamrab
oladigan hududlarda qurilmangizdan foydalanmang.
Tez yonuvchan suyuqliklarni, gazlarni yoki portlovchi materiallarni qurilma, uning qismlari yoki
aksessuarlari bilan bir bo‘linmada saqlamang yoki olib yurmang.
Agar qurilmaning biron qismi yorilsa, tutun yoki kuygan hidni chiqarsa, undan foydalanishni darhol
to‘xtatish kerak. Faqat Samsung xizmat ko‘rsatish markazida yoki ruxsat berilgan xizmat ko‘rsatish
markazida ta’mirlangandan keyin qurilmadan qayta foydalanish mumkin
Singan shisha yoki akril qo‘lingizga yoki yuzingizga shikast yetkazishi mumkin.
Qurilma tutun yoki kuygan hidni chiqarganda, bu batareya portlashiga yoki yong’inga olib kelishi
mumkin.
Transport vositasini boshqarish vaqtida mobil qurilmadan boshqarishda barcha xavfsizlik qoidalari va
normativlariga rioya qiling
Avtomobilni boshqarish vaqtida Sizning eng birinchi vazifangiz transport vositasini diqqat bilan
boshqarishdir. Hech qachon avtomobilni boshqarish vaqtida mobil telefondan foydalanmang.
O‘zingizning va boshqalarning xavfsizligi uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling:
Ko‘zingizni yo‘ldan uzmagan holda qo‘lingiz simsiz qurilmaga yetishiga ishonch hosil qiling. Agar
qulay bo‘lmagan vaqtda Sizga qo‘ng‘iroq qilishsa, ovozli pochtangizga Sizning orningizga javob
berishi uchun ruxsat bering.
To‘xtovsiz harakat yoki noqulay ob-havo sharoitida qong‘iroqlarni to‘xtatib turing. Yomg‘ir, qor aralash
yomg‘ir, qor, muz va to‘xtovsiz harakat noqulay sharoitni keltirib chiqarishi mumkin.
Eslatmalar yozmang yoki telefon raqamlarini qidirmang. “Bajariladiganlar ro‘yxatini qidirish
yoki manzillar kitobini korib chiqish asosiy vazifangiz bo‘lgan transport vositasini boshqarishdan
diqqatingizni chalg‘itadi.
Aql bilan tering va transportlar qatnovini to‘g‘ri baholang. To‘xtab turgan vaqtda yoki transportlar
qatnoviga qoshilmay turib raqamni tering. Qo‘ng‘iroqlarni transport vositangiz harakatsiz holatiga
mos keladigan vaqtga rejalashtiring.
Diqqatni chalg‘ituvchi yoki stressga olib keluvchi suhbatlarga e’tibor bermang. Telefonda
gaplashayotgan shaxsga Siz transport vositasini boshqarayotganingizni bildiring hamda diqqatingizni
chalg‘ituvchi suhbatlarni darhol to‘xtating.
Loading ...
Loading ...
Loading ...