Samsung SM-R965FZKAEUA Galaxy Watch6 Classic Lte 47mm

User Manual - Page 571

For SM-R965FZKAEUA.

PDF File Manual, 592 pages, Download pdf file

Loading ...
Loading ...
Loading ...
O'zbek
570
Qurilmangizni qizitish pechlari, mikroto‘lqinli pechlar, issiqlik yordamida pishirish uskunalari yoniga
yoki katta bosimli saqlash idishlari ichiga qo‘ymang
Batareya ichidagi suyuqlik oqib ketishi mumkin.
Qurilmangiz qizib ketishi va natijada yonib ketishi mumkin.
Qurilmangizdan chang yoki havodagi mayda zarrachalar ko‘p to‘planadigan joylarda foydalanmang yoki
uni bunday joylarda saqlamang
Chang yoki begona moddalar qurilmangizning noto‘g‘ri ishlashiga sabab bo‘lishi va yong‘in chiqishi yoki
elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
Ko‘p maqsadli uya va zaryadlash qurilmasi ingichka uchining suyuqliklar, chang, kukunlar va qalam
grafitlari kabi o‘tkazuvchan moddalar bilan aloqaga kirishiga yo‘l qo‘ymang. Ko‘p maqsadli uyaga o‘tkir
qirrali yoki uchli predmetlar tegishi yoki kop maqsadli uyaga zarb tegishiga yo‘l qo‘ymang.
Tok o‘tkazuvchi materiallar terminallarning zanglashiga olib kelishi mumkin, bu o‘z navbatida portlash
yoki yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Simsiz zaryadlash qurilmasidan foydalanayotganda qurilma va simsiz zaryadlash qurilmasi orasiga
metall buyumlar, magnit va magnit tasmali kartalar kabi begona narsalarni qo‘ymang
Aks holda qurilma to‘g‘ri quvvat olmasligi yoki qizib ketishi mumkin.
Qurilma yoki batareyani tishlamang yoki so‘rmang
Bunday qilish qurilmani buzishi, yong‘in chiqishi yoki portlashga olib kelishi mumkin.
Bolalar yoki hayvonlar mayda bo‘laklarni yutib yuborishi mumkin.
Agar bolalar qurilmadan foydalansa, uning to‘g‘ri ishlatilayotganligiga ishonch hosil qiling.
Qurilmani yoki uning aksessuarlarini ko‘zga, quloqqa yoki og‘izga kiritmang
Bunday qilish nafas yo‘llarini tosishi yoki jiddiy shikast yetkazishi mumkin.
Oqayotgan yoki shikastlangan Litium Ion (Li-Ion) batareyani ishlatmang
Li-Ion batareyasini xavfsiz utilizatsiya qilish uchun eng yaqin tasdiqlangan xizmat markazi bilan
bog‘laning.
Loading ...
Loading ...
Loading ...