Samsung SM-R965FZKAEUA Galaxy Watch6 Classic Lte 47mm

User Manual - Page 575

For SM-R965FZKAEUA.

PDF File Manual, 592 pages, Download pdf file

Loading ...
Loading ...
Loading ...
O'zbek
574
Fleshdan foydalanayotgan vaqtda ehtiyot bo‘ling
Qurilmangizdan foydalanish vaqtida, xonadagi chiroqlarni yoqilgan holda qoldiring va ekranni
ko‘zlaringizga juda yaqin keltirmang.
Videolarni tomosha qilayotgan vaqtda yoki uzoq vaqt davomida Flesh-asosli o‘yinlardan
foydalanishda doimiy ravishda flesh chiroqlar ta’siri ostida bo‘lganligi sababli hushdan ketish holatlari
yuzaga kelishi mumkin. Agar noqulayliklar yuzaga kelsa, qurilmadan foydalanishni darhol to‘xtating.
Agar Sizga ma’lum bo‘lgan biror shaxs bunday holatni boshidan o‘tkazgan bo‘lsa, qurilmani
ishlatishdan oldin shifokorga murojaat qiling.
Agar Siz mushak spazmasi, mo‘ljal yoqotilishi kabi noqulayliklarni his qilgan bo‘lsangiz, qurilmani
ishlatishni darhol to‘xtating va shifokorga murojaat qiling.
Ko‘z toliqishini oldini olish uchun qurilmadan foydalanayotganda tez-tez qisqa tanaffuslar qiling.
Takroriy harakatlar natijasida yuzaga keluvchi shikastlanishlar ehtimolini kamaytiring
Tugmalarni bosish, sensorli ekranda belgilar chizish yoki o‘yinlar o‘ynash kabi harakatlarni takroriy
ravishda amalga oshirish oqibatida qo‘lingizda, bo‘yin va yelkalaringizda yoki tanangizning
boshqa qismlarida noqulayliklarni his qilishingiz mumkin. Qurilmangizni uzoq muddat davomida
ishlatganingizda, uni erkin holatda ushlang, tugmalarni ohista bosing va tez-tez tanaffus qilib turing.
Bunday foydalanish mobaynida yoki undan keyin ham noqulayliklarni his qilsangiz, qurilmadan
foydalanishni to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.
Quloqlikdan foydalanayotganda, quloqlaringizni va eshitish qobiliyatingizni himoya qiling
Juda baland ovozda tinglash eshitish qobiliyatingizga zarar yetkazishi mumkin.
Piyoda yurish vaqtida baland ovozda musiqa tinglash, diqqatingizni olishi va yo‘l
transport hodisasiga sabab bo‘lishi mumkin.
Quloqlikni audio qurilmaga ulashdan oldin doim ovozni pasaytiring va suhbat yoki
musiqa tinglayotganda o‘zingizga kerakli minimal ovoz balandligidan foydalaning.
Quloqliklar begona materiallarga tegsa va ularni uzoq vaqt taqib yursangiz, quloq infeksiyasiga
uchrashingiz mumkin. Quloqliklaringizni toza va quruq tuting.
Quruq joylarda, quloqlikda statik elektr quvvati yig‘ilishi mumkin. Quloqlikni quruq joylarda
foydalanmang yoki statik elektr quvvatini yo‘q qilish uchun quloqlikni qurilmaga ulashdan oldin
metal obyektni ushlang.
Transportni boshqarayotganda quloqlikdan foydalanmang. Bunday qilish Sizning fikringizni
chalg‘itadi va yo‘l transport hodisasida sabab bo‘lishi va hududingiz qonunlariga kora qonunbuzarlik
sifatida belgilanishi mumkin.
Yurib yoki yugurib ketayotganingizda qurilmadan ehtiyotkorlik bilan foydalaning
O‘zingizga va boshqalarga shikast yetkazmaslik uchun har doim atrofdagi voqea va insonlarga diqqatli
bo‘ling.
Loading ...
Loading ...
Loading ...