Installation Instructions Guide - Page 360

For NZ84T9747VK/UR. Also, The document are for others Samsung models: NZ84T9747VK, NZ84T9747UK

Loading ...
Loading ...
Loading ...
360
Texnik xizmat koʻrsatish
Ovqat pishirish panelini texnik parvarishlash
Diqqat! Har qanday tozalash va texnik parvarishlash
ishlaridan oldin pishirish zonalari oʻchirilganligiga va
issiqlik koʻʻrsatkichi o chiqligiga ishonch hosil qiling.
Tozalash
Ovqat pishirish paneli har safar foydalanilgandan keyin
tozalanishi lozim.
Muhim:
Qiruvchi gubkalar, idish yuvish yostiqchalaridan
foydalanmang. Ulardan foydalanish, vaqt oʻtishi bilan, shisha
qismlarning buzilishiga olib kelishi mumkin.
Pech spreylari va dogʻ ketkizuvchi kabi kimyoviy tirnovchi
vositalardan foydalanmang.
Har safar foydalanilgandan keyin, ovqat pishirish panelini
sovish uchun qoldiring va oziq-ovqat qoldiqlari va ular
natijasida yuzaga kelgan dogʻlarni tozalang.
Shakar va tarkibida koʻp miqdorda shakar boʻlgan oziq-
ovqatlar ovqat pishirish paneliga zarar yetkazishi mumkin va
ular darhol olib tashlanishi kerak.
Tuz, shakar va qum shisha yuzaning tirnalishiga sabab
boʻlishi mumkin.
Ovqat pishirish panelini tozalash uchun yumshoq mato,
qogʻoz sochiq yoki maxsus tozalash muhsulotlaridan
foydalaning (Ishlab chiqaruvchining koʻrsatmalariga rioya
qiling).
BUGʻ PURKOVCHI TOZALAGICHLARDAN
FOYDALANMANG!!!
Muhim:
Agar suyuqlik idishdan tasodifan yoki koʻʻp miqdorda to kilib
ketsa, mahsulotning quyiroq qismida joylashgan drenaj
klapanini ochib, ovqat qoldiqlarini olib tashlash va maksimal
gigiyena holatlarida tozalash mumkin.
Rasm 16
Toʻliqroq va chuqurroq tozalash uchun pastki barkashni
toʻlaligicha yechib olish mumkin.
Rasm 18
18.4
So
ʻrib oluvchi parrakni texnik parvarishlash
Tozalash
Tozalash uchun FAQATGINA neytral suyuq yuvish vositalari
bilan namlangan matodan foydalaning. TOZALASH
ASBOBLARI VA USKUNALARIDAN FOYDALANMANG!
Qiruvchi moddalarni oʻz ichiga olgan mahsulotlardan
foydalanmang.
SPIRTDAN FOYDALANMANG!
Moy filtri
Pishirish jarayonida vujudga kelgan moy zarralarini
tutadi.
Agressiv boʻʻlmagan yuvosh vositasi bilan qo lda yoki past
harorat va qisqa vaqt davomida idish yuvish mashinasida
oyiga kamida bir marta (yoki filtr toʻʻyinganligini ko rsatish tizimi
tozalash kerakligini koʻrsatganda) tozalanishi kerak.
Idish yuvish mashinasida tozalanganda, metal moy filtrining
rangi oʻchishi mumkin, biroq filtrlash xususiyatlari
oʻzgarmaydi.
Rasm 15
Faollashtirilgan koʻmir filtri - keramika
(Faqat filtrlash rejimi uchun)
Pishirish jarayonida vujudga kelgan yoqimsiz hidlarni
tutadi.
Ushbu mahsulot faollashtirilgan koʻmir yordamida hidlarni
tutuvchi to’rtta filtr toʻplami bilan jihozlangan.
Faollashtirilgan koʻmir keramik tuzilma ichiga biriktirilgan, shu
sababli, keng yutish yuzasiga ega va iflos zarralarni oson va
toʻʻliq o ziga tortib oladi.
Keramik faollashtirilgan koʻmir filtrlari, pishirish turi va moy
filtrlarining qanchalik tez tozalanib turishiga qarab, uzoq
muddat foydalanilgandan keyin toʻyingan holga kelib qoladi.
Ushbu hid filtrlarini har 2/3 oyda oldindan 200°C gacha
qizdirilgan pechda 45 daqiqa davomida termal ravishda qayta
ishlov berib, tiklash mumkin. Qayta tiklash jarayoni filtrni
maksimal 5 yil muddat ishlatish imkonini beradi.
Rasm 17
17.13
Loading ...
Loading ...
Loading ...