Karcher 1.513-221.0 SC 3 Deluxe EasyFix Premium

Bedienungsanleitung - Page 67

For 1.513-221.0.

PDF File Manual, 72 pages, Read Online | Download pdf file

1.513-221.0 photo
Loading ...
Loading ...
Loading ...
O ʻ zbek tili 67
qoplamasining sovushini kuting. ● Qaynoq suvda
kuydirib olish xavfi. Uskunani bosim ostidagi idishlarni
tozalash uchun ishlatmang, chunki bunda portlash xavfi
mavjud bo‘ladi. ● Changyutgichni ishlatganda yong‘in
chiqishi xavfi mavjud. Tananing hech bir qismining
polusti soplosiga tegib turmaganligiga ishonch hosil
qiling. Pol uchun soplodan poyabzalsiz foydalanmang.
● Qaynoq suvda kuydirib olish xavfi. Qurilmani
faqatgina to‘liq yig‘ilgandan va ishlashga tayor
bo‘lganidan keyingina yoqing. ● Qaynoq suvda kuydirib
olish xavfi. Qurilma uskunalariga tegishdan oldin
birinchi navbatda ularni, ayniqsa qurilma tagigiga
solinadigan narsani va qo‘l qoplamasini sovushini
kuting.
DIQQAT ● Qurilmaga tozalash vositalari yoki
boshqa qo‘shimchalar quymang. ● Sirka yoki shunga
o‘xshash vositalarni
ishlatmang.
OGOHLANTIRISH ● Ulardan hali
bug‘ chiqar ekan, butlovchi qismlarni qurilmadan
ajratmang. ● Butlovchi qismlarni ajratish vaqtida
qaynoq suv chiqib ketishi mumkin. Avval qurilmani
sovuting. ● Ishlatish vaqtida hech ham texnologik
probkani/tiqinni ochmang. Avval qurilmani sovuting.
● Ishlayotgan vaqtda bug‘ richagi/bug‘ tugmasini to‘sib
qo‘ymang. ● Shikastlangan bug‘ shlangi darhol ushlab
chiqaruvchi tomonidan tavsiya qilingan yangi shlang
bilan almashtirilishi zarur. ● Bug‘da tarkibida salomatlik
uchun xavfli bo‘lgan moddalar (masalan, asbest)
mavjud bo‘lgan buyumlarni tozalamang.
EHTIYOT BO'LING ● Qurilmani faqat
bayon qilinganlarga yoki rasmga mos holda ishlating
yoki saqlang. ● Har safar ishga tushirishdan avval
qurilma va butlovchi qismlar, ayniqsa tarmoq kabeli,
saqlagichli qulf va bug‘ shlangini tegishli holatda
ekanligi va foydalanish uchun xavfsiz ekanligini
tekshiring. Shikastkanishlar mavjud bo‘lgan hollarda
qurilmadan foydalanish ta’qiqlanadi. Shikastlangan
komponentlarni darhol almashtirish lozim. ● Qurilmani
faqat bug‘ qozonida suv bo‘lgan hollardagina yoqing.
Aks holda qurilma qizib ketishi mumkin, foydalanuvchi
uchun qoʻllanmaning Nosozliklarni topish va ulargaga
barham bo‘limiga qarang. ● Qurilma ag‘darilib tushgan
hollarda jarohat va shikastlar yetkazishi mumkin.
Qurilma bilan/qurilmada har safar ishlaganda uning
turg‘unligini ta’minlash zarur. ● Ishlayotgan vaqtda
qurilmani siljitmang.
DIQQAT ● 0 °C dan past haroratlarda qurilmadan
foydalanmang. ● Qurilma elektr tarmogʻiga ulanib
turgan paytda uni qarovsiz qoldirmang. ● Qurilmadan
xona namlantirgichi yoki isitgichi sifatida foydalanmang.
● Uskunani ishlatayotgan vaqtda hamda ishlatib
bo‘lgandan keyin ham yaxshi shamollatish lozim.
● Qurilmani yomg‘ir ostida qolishidan himoya qiling.
Qurilmani ochiq havoda saqlamang. ● Qurilmaning
shikastlanish xavfi. Qozon/suv rezervuariga erituvchilar,
tarkibida erituvchilar bo‘lgan suyuqliklar yoki eritilmagan
kislotalarni (masalan, tozalash vositalari, benzin va
aseton) quymang. ● Nobop suv purkagichning
tiqilishiga yoki suv darajasini oʻlchovchi moslamaning
buzilishiga olib kelishi mumkin. Qurilmaga kiyim
quritkichdan tushgan suv, yomgʻir suvi, yuvish vositasi
yoki boshqa moddalar (masalan, xushboʻylantirgich)
quymang. Suv idishiga koʻpi bilan 0,2 l / 0,4 l / 0,5 / 1 l
litr suv quying.
Faqat SC 1 Upright / KST 1 Upright / SC 2
Upright / KST 2 Upright / SC 3 Upright qurilmasi / SC 3 qurilmasi
uchun tegishli ● Nobop suv purkagichning tiqilishiga yoki
suv darajasini oʻlchovchi moslamaning buzilishiga olib
kelishi mumkin. Qurilmaga toza distillingan suv, kiyim
quritgichdan tushgan suv, yomgʻir suvi, yuvish vositasi
yoki boshqa moddalar (masalan, xushboʻylantirgich)
quymang, unga koʻpi bilan 50% distillangan suv
qoʻshilgan vodoprovod suvi quyganingiz maʼqul.
Suv idishini chiqarish
a Suv idishini tik holda yuqoriga koʻtaring
b Suv idishini tik tutgan holda vodoprovod suvi yoki
unga koʻpi bilan 50% distillangan suv qoʻshilgan
aralashmani “MAX” (eng yuqori nuqta)
belgisigacha quying.
c Suv idishini joyiga qoʻyib, oʻrniga yaxshi tushishi
uchun sal bosib qoʻying.
Suv idishini qurilmada turgan holatda toʻldirish
a Suv idishini ochib, unga vodoprovod suvi yoki
unga koʻpi bilan 50% distillangan suv qoʻshilgan
aralashmani “MAX” (eng yuqori nuqta)
belgisigacha quying.
Bu faqat SC 4 va SC 5 qurilmalariga tegishli
Ko'rsatma ● Suv quying
1 Qurilmani oʻchiring.
2 Uskunani ozroq sovuting.
3 Saqlagichni burab chiqaring.
4 Bug’ qozonchadan suvni to’liq to’kib tashlang.
5 Bug’ qozonchaga ko'pi bilan 200 ml distillangan yoki
vodoprovod suvidan quying.
6 Saqlagichni joyiga qotiring.
Bu faqat SC 1 qurilmaga tegishli ● Suv quyish
1 Qurilmani oʻchiring.
2 Uskunani ozroq sovuting.
3 Saqlagichni burab chiqaring.
4 Bug‘li qozonchadan suvni to‘liq to’kib tashlang.
5 Bug‘ qozonchaga ko‘pi bilan 1 litr distillangan yoki
vodoprovod suvidan quying.
6 Saqlagichni joyiga qotiring.
Bu faqat SC 2 / KST 2 qurilmalariga tegishli
Konsol qurilmalar uchun
OGOHLANTIRISH ● Qaynoq suvda
kuydirib olish xavfi. Qurilmani faqatgina gorizantal tekis
maydonda ishlating. Qurilma ishlayotgan paytda hech
qachon yon tomoni bilan qo‘ymang. Qurilmani teskari
holatda yoki uni vertikal holatda, masalan, devorlar,
ishchi maydonlarni yoki derazalarni tozalashda
ishlatmang.
Faqat SC 1 Upright / KST 1 Upright / SC 2 Upright
/ KST 2 Upright / SC 3 Upright qurilmasi uchun tegishli
EHTIYOT BO'LING ● Ishonchli
o‘rnatilishini ta’minlash uchun qurilmani mustahkam,
tekis sirtga o’rnating.
Qarov va texnik xizmat ko‘rsatish
EHTIYOT BO'LING ● Ta’minlash ishlarini
faqat vakolatli servis xizmatiga ishonib topshiring.
Bug‘ qozonidagi qasmoqlarni olib tashlash
SC 1 Upright / KST 1 Upright / SC 2 Upright / KST 2 Upright /
SC 3 / SC 3 Upright qurilmasi uchun tegishli emas
EHTIYOT BO'LING ● Qasmoqlarni
yo‘qotish jarayonida tiqinni qurilmaga burab kirgizmang.
● Qozon qasmoqni yo‘qotish uchun vosita bilan to‘la
bo‘lar ekan, bug‘ generatoridan foydalanmang.
DIQQAT ● Qasmoq erituvchisi ta’sirchan sirtlarga
faol ta’sir qilishi mumkin. Qasmoq erituvchisini to‘ldirish
va bug‘ generatorini to‘ldirish vaqtida ehtiyotkor bo‘ling.
DIQQAT ● Sirka yoki shunga o‘xshash vositalarni
ishlatmang.
Loading ...
Loading ...
Loading ...