Samsung SM-R895FZSAEUA Galaxy Watch4 Classic

User Manual - Page 601

For SM-R895FZSAEUA. Also, The document are for others Samsung models: SM-R860, SM-R870, SM-R880, SM-R890, SM-R865F, SM-R875F, SM-R885F, SM-R895F

PDF File Manual, 616 pages, Read Online | Download pdf file

SM-R895FZSAEUA photo
Loading ...
Loading ...
Loading ...
O'zbek
600
Qurilmangizni qismlarga ajratmang, o‘zgartirmang yoki o‘zboshimchalik bilan tamirlamang
Qurilmangizdagi har qanday o‘zgartirishlar yoki takomillashtirishlar ishlab chiqaruvchi kafolatlariga
kirmasligi mumkin. Qurilmangizni tamirlash zarur, uni Samsung Xizmat ko‘rsatish Markaziga olib boring.
Batareyani qismlarga ajratmang yoki bosmang, chunki bu portlash yoki yong‘inni keltirib chiqarishi
mumkin.
Batareyani qismlarga bo‘lmang yoki qayta ishlatmang.
Qurilma tozalayotganda quyidagilarni yodda tuting
Qurilmangizni yoki zaryadlash qurilmasini sochiq yoki salfetka bilan arting.
Batareya terminallarini paxta yoki sochiq bilan tozalang.
Kimyoviy yoki yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday qilish qurilma korpusini yemirishi yoki uning
rangini o‘chirishi, elektr toki urishi yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Quirlmani chang, ter, siyoh, yog va kosmetika, antibakterial sprey, ko‘l tozalagich, yuvish vositasi
va insektisidlar kabi kimyoviy moddalar ta’sirida qolldirmang. Qurilmaning ichki va tashqi qismlari
shikastlanishi mumkin yoki natijada u yaxshi ishlamasligi mumkin. Agar qurilmangizga yuqorida sanab
o‘tilgan moddalardan biri tegsa, uni tozalash uchun tuksiz, yumshoq matodan foydalaning.
Qurilmani faqat belgilangan tegishli maqsadda ishlating
Qurilmangizga zarar yetishi mumkin.
Qurilmadan jamoat joylarida foydalanayotganda boshqalarga halaqit bermang
Faqatgina malakali mutaxassislarga qurilmangizni tamirlash uchun ruxsat bering
Malakasiz mutaxassislarga qurilmangizni tamirlash uchun ruxsat berish qurilmangiz buzilishiga olib kelishi
mumkin hamda bu ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan kafolat bilan qoplanmaydi.
Kabellarni ehtiyotkorlik bilan ushlang
Qurilmaga kabel ulanayotganda, kabel to‘g‘ri tomonga ulanganligiga ishonch hosil qiling.
Kabelni majburlab yoki noto‘g‘ri kiritish yoki ulash ko‘p maqsadli uyaga yoki qurilmaning boshqa qismlarini
zararlashi mumkin.
Favqulodda xizmatlarga kirish imkoniyatiga ega ekanligingizga ishonch hosil qiling
Ba’zi hududlarda va sharoitlarda qurilmangiz orqali favqulodda qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati
mavjud bo‘lmasligi mumkin. Rivojlanmagan yoki uzoq joylarga sayohat qilishdan avval, favqulodda
xizmatlarga bog‘lanishning muqobil usullarini rejalashtiring.
Loading ...
Loading ...
Loading ...