Karcher 1.513-430.0 SC 3 Deluxe

Bedienungsanleitung - Page 66

For 1.513-430.0.

PDF File Manual, 72 pages, Read Online | Download pdf file

1.513-430.0 photo
Loading ...
Loading ...
Loading ...
66 O ʻ zbek tili
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Bug‘ generatori
Ushbu uskunadan ilk bor
foydalanayotganda xavfsizlik bo‘yicha
ushbu ko‘rsatmalarni va uskunadan
foydalanish bo‘yicha qo‘llanmani o‘qib chiqing. Ishga
kirishing. Har ikkala kitobchani ham keyinchalik
foydalanishingiz yoki kelgusidagi egalari o‘qishlari
uchun saqlab qo‘ying.
Uskunadan foydalanish bo‘yicha ushbu
qo‘llanmaga qo‘shimcha tarzda siz qonunchilikda
ko‘zda tutilgan umumiy xafsizlik texnikasi
qoidalariga ham rioya qilishingiz zarur.
Qurilmaga bo‘lgan ko‘rsatmalar va
ogohlantirishlarga ega bo‘lgan yorliqlar qurilmad
an
xavfsiz foydalanish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar
beradi.
Xavf darajalari
XAVFLI
Jiddiy shikastlanish yoki o‘limga olib kelishi mumkin
bo‘lgan muqarrar xavflarga e‘tibor qarating.
OGOHLANTIRISH
Jiddiy shikastlanish yoki o‘limga olib keladigan
ehtimoliy xavfli vaziyatlarga e’tibor qarating.
EHTIYOT BO'LING
Yengil shikastlanishga olib keladigan ehtimoliy xavfli
vaziyatlarga e’tibor qarating.
DIQQAT
Moddiy zararga olib keladigan ehtimoliy xavfli
vaziyatlarga e’tibor qarating.
Texnika xavfsizligi bo‘yicha umumiy
ko‘rsatmalar
XAVFLI ● Bo‘g‘ilish xavfi! Qadoqlash
plyonkasini bolalardan uzoqroqda ushlash lozim.
OGOHLANTIRISH ● Qurilmadan faqat
foydalanish tavsiya qilingan maqsadlar uchun
foydalaning. Mahalliy sharoitlarni hisobga oling va
qurilma bilan ishlaganda begona kishilar, ayniqsa
bolalalarni nazorat qilib turing. ● Qurilmadan faqat
qurilmadan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar olgan
yoki qurilmadan foydalanish qobiliyatlari tasdiqlangan
va shu maqsadlar uchun tayinlangan shaxslarga
foydalanishga ruxsat beriladi. ● Jismoniy, sezish yoki
aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki tajribasi yoki bilimi
yetarli bo‘lmagan shaxslarga faqat ular tajribali
foydalanuvchi nazorati ostida bo‘lganlarida yoki ularga
ularning xavfsizligiga javobgar shaxs tomonidan
qurilma bilan xavfsiz ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar
berilgan va ular buning natijasida yuzaga keluvchi
xatarlarni anglab yetadigan hollardagina qurilmadan
foydalanishga ruxsat beriladi. ● Bolalarning qurilmadan
foydalanishlari ta’qiqlanadi. ● Bolalarning uskuna bilan
o‘ynamasliklariga amin bo‘lish uchun ularni nazorat
qiling. ● Qurilma tarmoqqa ulab qoʻyilgan yoki
sovitilayotgan boʻlsa, unga bolalar tegmaydigan joyda
boʻlishini taʼminlang.
EHTIYOT BO'LING ● Agar uskuna avval
yerga tushib ketgan, ko‘rinarli darajada shikastlangan
yoki undan suyuqlik oqayotgan bo‘lsa, undan
foydalanmang. ● Himoya qurilmalari sizning
xavfsizligingizni ta’minlashga mo‘ljallangan. Himoya
qurilmalarini o‘zgartirmang yoki o‘chirib qo‘ymang.
Elektr toki urish xavfi
XAVFLI ● Ho‘l qo‘l bilan hech qachon elektr
simlar va rozetkani ushlamang. ● Qurilmani faqat
o‘zgaruvchan tok manbaiga ulashga ruxsat beriladi.
Zavodda yopishtirilgan yorliqda ko‘rsatilgan kuchlanish
tarmoqdagi kuchlanishga mos kelishi kerak. ● Bug‘
oqimini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarkibida elektr detallari mavjud
bo‘lgan qurilmaga, masalan, pechlarning ichki
qismiga
yo‘naltirmang. ● Olinuvchi suv rezervuariga ega
bo‘lmagan qurilmani u elektr tarmog‘iga ulangan holda
vodoprovodga ulash patrubkasi orqali suv bilan
to‘ldirmang. To‘ldirish uchun mos idishdan foydalaning.
● Qurilmadan suv to‘ldirilgan basseynlarda
foydalanmang. ● Tarmoq vilkasi, kabel va uzayti
rgich
suvda bo‘lmasliklari kerak. ● Polusti rozetkalarini
tozalamang.
OGOHLANTIRISH ● Qurilmani elektrik-
mutaxassis tomonidan IEC 60364-1 ga ko‘ra bajarilgan
ta’minot manbasiga ulang. ● Nam xonalarda, masalan,
vannaxonalarda qurilmani faqat tezkor himoyaviy
o‘chirish qurilmasi zanjiriga o‘rnatilgan rozetkaga ulang.
● Qurilmadan har safar foydalanishdan oldin un
ing
elektr kabeli bilan sanchqisiga shikast yetmaganiga
ishonch hosil qiling. Agar uning elektr kabeli
shikastlangan boʻlsa, ehtimoliy xavfning oldini olish
uchun uni almashtirish uchun ishlab chiqaruvchiga,
vakolatli servis agentiga yoki malakali elektr ustasiga
darhol murojaat qilish zarur. ● Tarmoq kabeli yoki
uzaytirgichni ustidan bosish, ortiqcha siqish, cho‘
zish
yoki bosha shunga o‘xshash harakatlar bilan
shikastlamaslikka harakat qiling. Tarmoq kabelini yuqori
harorat, yog‘lar va o‘tkir qirralarning ta’siridan himoya
qilish lozim. ● Mos kelmaydigan elektr uzaytirgichlar
xavfli bo’lishlari mumkin. Faqat kabelining kesimi
kamida 3 x 1 mm. bo‘lgan suvdan himoyalangan elektr
uzaytirgichlaridan foydalaning.
2
. ● Tarmoq kabeli va
uzauytirgich razyomlarini faqat unga o‘xshash, suv
o‘tkazmaydigan va o‘zi kabi mexanik mustahkamlikka
ega bo‘lgan razyomlarga almashtiring. ● Rozetka
o‘rnatilgan bezakli plitkali devorlarni ayniqsa
ehtiyotkorlik bilan tozalang. ● Qurilmadan uzoq muddat
foydalangandan soʻng, ishlatib boʻlgandan soʻng yoki
xizmat koʻrsatilgunga qadar tarmoqdan uzib qoʻying.
● Texnik xizmat ko‘rsatishni faqat tarmoqdan uzilgan va
bug‘ generatori sovugan holda bajaring.
Ishlatish
XAVFLI ● Portlash xavfi mavjud bo‘lgan
zonalarda foydalanish ta’qiqlanadi. ● Qurilmadan xavfli
zonalarda (masalan, AYQSh) foydalanganda xavfsizlik
bo‘yicha tegishli qoidalarga amal qiling.
OGOHLANTIRISH ● Qaynoq suvda
kuydirib olish xavfi. Bug‘ oqimiga yaqin masofadan turib
qo'llaringizni tekizmang va uni odamlar yoki
hayvonlarga yo‘naltirmang. ● Agar ishlatish vaqtida
qurilma 30° dan ko‘proqqa qiyshaytirilsa, ko‘p miqdorda
suv chiqarilishi sababli qaynoq suvdan kuyish xavfi
mavjud.
Faqat SC 1 qurilmaga tegishli ● Qaynoq bug‘
qozonidan kuyish xavfi. Suv bilan to‘ldirishdan avval
qozonni sovuting.
SC 1 Upright / KST 1 Upright / SC 2 Upright
/ KST 2 Upright / SC 3 / SC 3 Upright qurilmasi uchun tegishli
emas ● Qaynoq suvda kuydirib olish xavfi. Qurilma
uskunalariga tegishdan oldin birinchi navbatda ularni,
ayniqsa qurilma tagigiga solinadigan narsani va qo‘l
qoplamasining sovushini kuting. ● Qaynoq suvda
kuydirib olish xavfi. Uskunani bosim ostidagi idishlarni
Loading ...
Loading ...
Loading ...