Samsung SM-R955FZSAEUA Galaxy Watch6 Classic Lte 43mm

User Manual - Page 576

For SM-R955FZSAEUA.

PDF File Manual, 592 pages, Download pdf file

Loading ...
Loading ...
Loading ...
O'zbek
575
Qurilmani taqayotganda ehtiyot bo‘ling.
Oʻlchovlar aniqroq boʻlishi uchun qurilmani bilagingizga yaxshilab taqishingiz kerak. Oʻlchovdan keyin
teringizga havo tegishi uchun bog‘ichni biroz boʻshating. Qurilmani juda boʻsh yoki tarang taqmaslik
tavsiya etiladi, normal sharoitlarda taqilganida qulay his etilishi kerak.
Qurilmani uzoq vaqt taqib yurganda yoki uni taqib yuqori intensiv mashqlar bajarganda ayrim
sabablarga koʻra teri shilinishi yuz berishi mumkin, jumladan, ishqalanish, bosim yoki namlikdan. Agar
qurilmangizni uzoq vaqt taqib yurgan boʻlsangiz, teringiz salomatligini saqlash uchun uni bir muddat
yechib qoʻying va bilagingizga dam bering.
Agar qurilmani juda qisgan holda taqsangiz, teri qichishi paydo bo‘lishi yoki aksincha, juda bosh holda
bog‘lasangiz ishqalanish yuzaga kelishi mumkin.
Teri qichishishining oldini olish uchun qurilmangizni quruq va toza holatda saqlang.
Bu qurilma xavfsizlik bo‘yicha xalqaro standartlarga mos keladi, biroq agar tanangiz sezuvchanligi
yuqori bo‘lsa yoki biror materialga allergiyangiz bo‘lsa, zaruriy ehtiyot choralarini ko‘ring.
Qurilmangizni bo‘yamang yoki uning ustiga stikkerlar yopishtirmang
Bo‘yoq yoki stikkerlar qurilmangizning olinadigan qismlarini yopishib qolishiga va ular funksiyasining
buzilishiga olib kelishi mumkin.
Agar Sizda qurilma bo‘yog‘i yoki uning metal qismlariga allergiyangiz bo‘lsa, teringiz qichishi,
shishishi yoki teringizga toshmalar toshishi mumkin. Bunday hodisa sodir bo‘lganda, qurilmadan
foydalanishni to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.
Mobil qurilma va uskunalarni ehtiyotkorlik bilan o‘rnating
Transport vositangizga o‘rnatilgan barcha mobil qurilma va moslamalar xavfsiz ravishda
montajlanganligiga ishonch hosil qiling.
Qurilma va aksessuarlaringizni xavfsizlik yostig‘i ochiladigan joyga yaqin qo‘ymang. Xavfsizlik
yostiqlari to‘satdan ochilgan vaqtda noto‘g‘ri o‘rnatilgan simsiz moslamalar jiddiy shikast yetkazishi
mumkin.
Qurilmangizni tushirib yubormang yoki qurilmangizga zarar yetkazmang
Qurilmangizning ustki qismiga yoki ishlashiga zarar yetishi mumkin.
Agar qurilmangiz qiyshaysa yoki uning shakli o‘zgarsa, qurilmangizga zarar yetishi yoki uning qismlari
o‘z funksiyasini bajarmasligi mumkin.
Batareyaning va zaryadlash qurilmasining uzoq muddat davomida xizmat korsatishini ta’minlang
Vaqt o‘tishi bilan, ishlatilmagan qurilma quvvati yo‘qoladi va ularni ishlatishdan oldin zaryadlash
zarur.
Ishlatilmayotganda zaryadlash qurilmasini elektr quvvati manbaidan chiqaring.
Batareyadan faqatgina belgilangan maqsadlar uchun foydalaning.
Qurilma va batareyangizning xizmat qilish muddatini uzaytirish uchun ushbu qo‘llanmadagi barcha
korsatmalarga amal qiling. Qo‘llanmada berilgan ogohlantirish va korsatmalarga amal qilmaslik
oqibatida kelib chiqqan tashqi zarar va ishlash muammolari ishlab chiqaruvchi kafolati tomonidan
qoplanmasligi mumkin.
Vaqt o‘tishi bilan qurilmangiz eskirishi mumkin. Ma’lum bir vaqt oralig‘ida ba’zi qismlar va
ta’mirlashlar kafolat tomonidan qoplanadi, lekin tasdiqlanmagan aksessuarlardan foydalanish
oqibatida yuzaga kelgan zararlar qoplanmaydi.
Loading ...
Loading ...
Loading ...