Samsung SM-R955FZSAEUA Galaxy Watch6 Classic Lte 43mm

User Manual - Page 574

For SM-R955FZSAEUA.

PDF File Manual, 592 pages, Download pdf file

Loading ...
Loading ...
Loading ...
O'zbek
573
Qurilmangizdan tog‘ri foydalanish
Qurilmangizni quruq holda saqlang
Namlik yoki suyuqliklar qurilmangiz qismlariga zarar yetkazishi yoki unda qisqa tutashuvlarni yuzaga
keltirishi mumkin.
Ushbu qurilmaning ichki suyuqlik indikatorlari sozlangan. Qurilmangizning suv bilan zararlanishi
ishlab chiqaruvchi kafolatlariga kirmasligi mumkin.
Qurilmangizni tekis yuzali joylarga qo‘ying
Agar qurilmangiz tushib ketsa, unga zarar yetishi mumkin.
Qurilmadan harorati 0 °C dan 35 °C oralig‘ida bo‘lgan joylarda foydalanish mumkin. Qurilmani
-20 °C dan 50 °C oralig‘idagi haroratda saqlashingiz mumkin. Qurilmani tavsiya etilgan diapazondan
tashqaridagi haroratda ishlatish yoki saqlash qurilmaga zarar yetkazishi yoki batareyaning xizmat
korsatish muddatini qisqartirishi mumkin.
Qurilmangizni yoz vaqtidagi avtomobilning ichi kabi issiq joylarda qoldirmang. Bunday qilish ekranni
buzishi, qurilmaga zarar yetkazishi yoki batareyaning portlashiga olib kelishi mumkin.
Qurilmangizni quyosh nuri tog‘ridan-tog‘ri tushadigan joylarda uzoq vaqtga qoldirmang (misol uchun
avtomobil torpedasida).
Qurilmangizda tangalar, kalitlar va bo‘yin zanjirlar kabi metall buyumlar bilan birga saqlamang
Qurilmangizning ustki qismi qirilishi yoki unga zarar yetishi mumkin.
Agar batareya terminallari metal predmetlar bilan tutashganda, yong‘in keltirib chiqarilishi mumkin.
Qurilmangizni magnitli maydonlar atrofida saqlamang
Qurilmangizga zarar yetishi yoki magnitli maydon sababli batareya quvvati yo‘qotilishi mumkin.
Magnit tasmali kartochkalar, jumladan, kredit kartochkalar, telefon kartochkalari va qo‘nish talonlari,
magnit maydon tomonidan zararlangan bo‘lishi mumkin.
Qurilma qizib ketgan paytda unga teginmang. Aks holda past haroratda ham kuyib qolishingiz, qizarish
yoki teringiz pigmentatsiyaga uchrashi mumkin
Qurilmadan uzoq vaqt davomida foydalanganda uning qizib ketishidan ehtiyot bo’ling hamda unga
teginib ketishdan himoyalaning.
Qurilmangiz quvvat olayotganda yoki quvvat manbaiga ulangan paytda uning ustiga o‘tirib olmang
yoki uzoq vaqt davomida teringiz bilan bevosita teginib turmang.
Odamlarda yuqori haroratga chidamlilik darajasi farq qiladi. Bolalar, katta yoshdagilar va imkoniyati
cheklangan odamlar qurilmadan foydalanayotganda qoshimcha ehtiyot choralarini ko‘ring.
Loading ...
Loading ...
Loading ...