Samsung SM-R885F Galaxy Watch4 Classic LTE

User Manual - Page 602

For SM-R885F. Also, The document are for others Samsung models: SM-R860, SM-R870, SM-R880, SM-R890, SM-R865F, SM-R875F, SM-R895F

PDF File Manual, 616 pages, Read Online | Download pdf file

SM-R885F photo
Loading ...
Loading ...
Loading ...
O'zbek
601
Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalang va maxfiy ma’lumotlarning e’lon qilinishi yoki boshqa
maqsadlarda ishlatishini oldini oling
Qurilmangizdan foydalanayotgan vaqtda, muhim fayllarni arxivlashni esdan chiqarmang. Samsung
ma’lumot yo‘qolishi uchun javobgar emas.
Qurilmangizni tashlayotgan vaqtda, barcha ma’lumotlarni zaxiralang va undan so‘ng shaxsiy
ma’lumotlaringiz nomaqbul maqsadlarda ishlatilmasligi uchun qurilmangizni ishlab chiqaruvchi
parametrlariga qaytaring.
Ilovalarni yuklab olayotganda, ruxsatnomalar oynasini diqqat bilan o‘qing. Ko‘pgina funksiyalarga kirish yoki
shaxsiy ma’lumotlaringizning ko‘p qismidan foydalanish imkoniga ega ilovalar bilan ishlayotganda juda
ehtiyot bo‘ling.
Hisob qaydnomangizni tasdiqlanmagan yoki shubhali foydalanishlardan himoyalash uchun tez-tez
tekshirib turing. Agar shaxsiy ma’lumotlaringizdan noqonuniy maqsadlarda foydalanish belgilarini
aniqlasangiz, hisob qaydnomadagi ma’lumotlaringizni o‘zgartirish yoki o‘chirish uchun xizmat
taminotchingizga murojaat qiling.
Qurilmangiz yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan hollarda, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun hisob
qaydnomangiz parolini o‘zgartiring.
Noma’lum manbalardan kelgan ilovalarni ishlatmang va qurilmangizni namuna chizish, parol yoki PIN-kod
yordamida bloklang.
Mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan materiallarni tarqatmang
Tarkib egasining ruxsatisiz mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan materiallarni tarqatmang. Bunday
qilish mualliflik huquqiga oid qonunlar buzilishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi foydalanuvchining
mualliflik huquqi bilan himoyalangan materialdan noqonuniy foydalanishi oqibatida yuzaga kelgan qonun
buzilishlariga javobgar emas.
Zararli dastur va viruslar
Qurilmangizni zararli dastur va viruslardan himoya qilish uchun quyidagi maslahatlarga
rioya qiling. Ularga amal qilmaslik kafolat tomonidan qoplanmaydigan ma’lumotlarning
yo‘qolishiga sabab bo‘lishi mumkin
Noma’lum ilovalarni yuklab olmang.
Ishonchli bo‘lmagan veb-saytlarga kirmang.
Shubhali xabarlarni yoki noma’lum yuboruvchilardan kelgan xabarlarni o‘chiring.
Parol o‘rnating va uni tez-tez o‘zgartirib turing.
Bluetooth kabi simsiz funksiyalar ishlatilmayotganda, ularni o‘chiring.
Agar qurilmada qandaydir muammolarni sezsangiz, zararlanish mavjudligini tekshirish uchun antivirus
dasturini ishga tushiring.
Yangi yuklab olingan ilova va fayllarni ishga tushirishdan oldin antivirus dasturini ishga tushiring.
Kompyuteringizga antivirus dasturlarini o‘rnating va zararlanishni tekshirish uchun ularni ishga tushiring.
Registr parametrlarini tahrirlamang yoki qurilmaning operatsion tizimini o‘zgartirmang.
Loading ...
Loading ...
Loading ...