Loading ...
Loading ...
Loading ...
74
Foydalanish
Havo soʻrgich taom pishirish vaqtida tutun va parlarni soʻrib olish uchun xizmat qiladi va
faqat maishiy foydalanish uchun moʻljallangan.
Havo soʻrgich havoni tashqariga soʻrgich yoki uni filtrlash rejimida ishlash uchun
loyihalashtirilgan.
Soʻruvchi rejim
Ushbu rejimda parlamalar ulovchi doiraga ulangan qayriluvchan quvurlar orqali
tashqariga tortib ketiladi.
DIQQAT!
Soʻruvchi quvur mahsulot komplektiga kirmaydi va u alohida sotib olinishi lozim.
Soʻruvchi quvurning diametri ulovchi doira diametriga teng boʻlishi lozim.
DIQQAT!
Agar havo soʻrgichda koʻmir filtri mavjud boʻlsa uni olib tashlang.
Havo soʻrgichni havo chiquvchi teshik diametriga teng havo tortuvchi quvurga ulang
(ulovchi gardish).
Kichikroq diametrdagi quvurlarni oʻrnatish soʻrish kuchi kamayishi va shovqin
darajasining keskin ortishiga olib keladi.
Bu masaladagi har qanday shikoyatlar ra’d etiladi
! Ishlatiladigan quvurning minimal uzunligi eng zarur darajada boʻlishi lozim
! Boʻgʻinlar soni eng kam boʻlgan quvurdan foydalaning (maksimal bukilish burchagi:
90°)
! Quvur kesimining keskin oʻzgarishini oldini olish lozim
Filtrlovchi rejim
Aylantiriluvchi havo qaytadan xonaga purkalgunga qadar yogʻlar va yoqimsiz hidlardan
tozalanadi.
Ushbu variantdagi havo soʻrgichdan foydalanish uchun faol koʻmir asosidagi
qoʻshimcha filtrlash tizimini oʻrnatish talab etiladi
Oʻrnatish
Havo soʻrgichning eng quyi nuqtasi bilan oshxona plitasi tayanch yuzasi orasidagi
masofa elektr plitalari uchun kamida 50 sm sm, gaz va aralash plitalar uchun 65cm sm
boʻlishi lozim.
Gaz plitasini oʻrnatish yoʻriqnomasida kattaroq oraliq masofa talab etilsa buni inobatga
olish zarur.
Elektr ulanish
Tarmoqdagi kuchlanish havo soʻrgich ichki tomonida joylashgan texnik ma’lumotlar
taxtasida koʻrsatilgan kuchlanishga mos kelishi lozim. Agar havo soʻrgich vilkaga ega
boʻlsa, uni shtepsel teshigiga ulang. Shtepsel amaldagi qoidalar talablariga javob
berishi va qulay joyda joylashgan boʻlishi kerak. Jihozni rozetkaga uni oʻrnatib
boʻlgandan soʻng ulash mumkin. Agar havo soʻrgichda vilka mavjud boʻlmasa
(tarmoqqa bevosita ulanish) yoki shtepsel teshigi qulay joyda joylashmagan boʻlsa,
jihozni oʻrnatib boʻlgandan soʻng, oʻrnatish yoʻriqnomasiga asosan, 3-toifadagi yuqori
kuchlanish holati yuz berganda tarmoqni toʻliq uzib tashlash imkonini beruvchi ikki qutbli
viklyuchateldan foydalaning.
OGOHLANTIRISH!
Havo soʻrish tizimini elektr quvvati tizimiga ulashdan va jihozning toʻgʻri ishlayotganini
tekshirishdan oldin elektr toki bilan quvvatlantiruvchi kabel toʻgʻri oʻrnatilganiga ishonch
hosil qiling.
Havo soʻrgich maxsus quvvatlantiruvchi kabelga ega boʻlib, unga futur yetgan hollarda
texnik xizmatga buyurtma berib harid qilishingiz mumkin.
Oʻrnatish
Oʻrnatishdan oldin:
Siz harid qilgan jihoz oʻlchamlari oʻrnatmoqchi boʻlgan yeringizga mos kelishini
tekshiring.
• Mavjud boʻlgan taqdirda koʻmir filtrlarini yechib oling (taalluqli boʻlimga qarang).
Filtrlarni faqat havo soʻrgichni filtratsiya rejimida ishlatishni hohlasangiz qaytadan
oʻrnatish mumkin.
• Havo soʻrgichni ichini transport yordamida olib kelish paytida begona narsalar
(vintlar solingan paketlar, kafolat qogʻozlari va h.) qolib ketmaganiga amin boʻlish
uchun tekshiring va mavjud boʻlsa ularni chiqarib saqlab qoʻying.
Havo soʻrgich barcha turdagi devorlar/shiftlarga qotirish uchun dyubellar bilan
ta’minglangan. Ammo, materiallar sizning devor/shiftingizga mos kelishini aniqlashtirish
uchun malakali texnikka murojaat qilishingiz lozim. Devor/shift jihoz ogʻirligini hisobga
olgan holda yetarlicha mustahkam boʻlishi kerak.
Eslatma: Qismlarga “(*)” belgisi qo‘yilgan bo‘lsa, bular ayrim modellarda mavjud
bo‘lgan, ayrimlarida esa mavjud bo‘lmasa-da, alohida sotib olish mumkin bo‘lgan
anjomlardir.
Texnik xizmat koʻrsatish
Tozalash
Tozalash uchun FAQAT neytral tozalovchi suyuqlikda hoʻllangan lattadan foydalaning.
HECH QANDAY TOZALASH QUROLLARIDAN FOYDALANMANG. Abraziv
materiallardan iborat vositalarni qoʻllamang. SPIRTDAN FOYDALANMANG!
Texnik xizmat koʻrsatish jarayonida doimo ishchi qoʻlqoplarni taqing.
Yogʻlarni ushlab qoluvchi filtrlar.
Rasm 14-32
Plitalardan chiquvchi yogʻ parchalarni ushlab qoladi.
Filtrni har oyda yumshoq ta’sir etuvchi yuvuvchi vositalar yordamida qoʻlda yoki idish
yuvuvchi uskuna yordamida past haroratda, yuvishning qisqa siklida tozalash lozim.
Idish yuvuvchi uskuna yordamida yuvganda yogʻlarni tutib qoluvchi filtr rangi xiralashishi
mumkin, lekin uning filtrlash xususiyati mutlaqo oʻzgarmaydi.
Yogʻlarni tutib qoluvchi filtrni yechish uchun filtrni ajratish uchun moʻljallangan prujinali
tutqichni oʻzingizga torting.
Koʻmir filtri (filtrlovchi rejim uchun)
Rasm 31
Oshxonadagi yoqimsiz hidlarni yoʻqotadi.
Ko‘mir filtrini har ikki oyda bir marta yuvib turish mumkin (yoki filtrning to‘yinganligini
ko‘rsatuvchi tizim shunga zaruriyat borligini ko‘rsatsa - agar tizim modelda mavjud
bo‘lsa), buning uchun qaynoq suv va mos keladigan yuvish vositasi ishlatiladi yoki idish
yuvish mashinasida 65°C haroratda yuvish mumkin (agar idish yuvish mashinasidan
foydalanilsa, to‘liq sikl funksiyasini tanlang va idishlarni olib tashlang).
Filtrga shikast yetkazmasdan, ortiqcha suvni chiqarib tashlang, keyin plastik ramka
ichidagi matrasni chiqarib olib, to‘liq quritish uchun 10 daqiqaga 100° C haroratdagi
pech ichiga solib qo‘ying.
Matrasni har 3 yilda va matosi shikastlanganida almashtirib turing.
Mo‘rini havo tortgichga mahkamlaydigan murvatlarni (g) 90° buragan holda filtrni tutib
turuvchi ramkani chiqarib oling.
Aktivlashtirilgan ko‘mir qistirmasini (i) ramka ichiga (h) solib, orqa tomonini to‘laligicha
o‘z joyiga joylashtiring (j).
An’anaviy ko‘mir filtrini ishlatish mumkin, uni yuvish yoki tiklash mumkin emas. Har 3-4
oyda almashtirib turish lozim.
Agar ko‘mir filtrining tutqichi ramkasi qo‘shib payvandlangan; shu sababli havo so‘rgich
bilan birga kelgan yakuniy ramka ishlatilmaydi.
Uni joyiga joylashtirib, 2 ta plastik murvatni burash orqali mahkamlang.
Koʻmir filtrlarini harid qilish
Koʻmir filtrlari Samsung servis veb-sahifasi va xizmat koʻrsatish markazidan harid
qilinishi mumkin. Qoʻllanmaning soʻnggi sahifasiga qarang.
Lampalarni almashtirish
Havo so’rgich LED texnologiyada ishlovchi yoritish tizimi bilan jihozlangan.
LED lampalari optimal yorugʻlikni ta'minlab, odatiy lampalarga qaraganda 10 barobar
uzoq xizmat koʻrsatadi va 90% elektr energiyasini tejash imkonini beradi.
Almashtirish uchun texnik xizmat koʻrsatish markaziga murojaat qiling.
Ishlatish
T1. Sorish motorining ON/OFF tugmasi:
Havo so‘rgich yoniqligida, har qanday tezlikda ham T1 tugmasi bosilganida
o‘chadi.
Havo so‘rgich o‘chiqligida, 1-tezlikda T1 tugmasi bosilganida yonadi.
T2. Tezlikni kamaytirish
Tezlikni 4 (kuchli) darajadan 1 darajasiga tushirish uchun “T2” tugmasini bosing.
T3. Tezlikni oshirish
Motorni 1 darajadan Kuchli darajaga (vaqtli) oshirish uchun (havo so‘rgich YONIQ)
shu tugmani bosing.
1-tezlik LED L1
2-tezlik LED L2
3-tezlik LED L3
Kuchli (vaqtli) LED L4 o‘chib-yonadi
Eslatma: 4-tezlik (vaqtli Kuchli) 5 daqiqa davomida faol bo‘ladi, undan keyin
avtomatik ravishda 2-tezlikka tushadi
Loading ...
Loading ...
Loading ...