LG Electronics 75UR91006LA Ur91 75 Inch 4k Smart Uhd Tv

User Manual - Page 52

For 75UR91006LA.

PDF File Manual, 52 pages, Download pdf file

Loading ...
Loading ...
Loading ...
10
Nosozliklarni bartaraf qilish
Televizor / HDMI kirishida model nomi va seriya raqamini ekranda ko‘rsatish uchun masofaviy pultdagi tugmasini uch marta bosing.
Televizorni masofadan
boshqarish pulti orqali
boshqarishning iloji yo’q.
Mahsulot masofadan boshqarish pulti sensorini tekshiring va qaytadan urinib ko’ring.
Mahsulot va masofadan boshqarish pulti orasida hech qanday to’siqning mavjud emasligini tekshiring.
Batareyalarning ishlayotganligi va to’g’ri o’rnatilganligini (
ga , ga )tekshiring.
Tasvir namoyishi va ovoz
mavjud emas.
Mahsulotning yoqilganligini tekshiring.
Quvvat manbaiga ulash shnurining rozetkaga ulanganligini tekshiring.
Boshqa qurilmalarni ulab ko’rish yo’li bilan rozetkaning ishlayotganligini tekshirib ko’ring.
Televizor to’satdan o’chib
qoladi.
Quvvat boshqaruvi sozlanmalarini tekshiring. Quvvat ta’minoti uzilgan bo’lishi mumkin.
Vaqtga bog‘liq sozlamalarda avtomatik o‘chirish funksiyasi faollashtirilganligini tekshiring.
Avtomatik o‘chirish funksiyasi ishlagan bo‘lishi mumkin. Bu mahsulot masofaviy pulti 15 daqiqa davomida
kirish signalisiz ishlatilmasa, quvvatni avtomatik ravishda o‘chiradigan avtomatik o‘chirish funksiyasi bilan
ta’minlangan.
ShKga ulanayotganda
(HDMI), signal
aniqlanmadi.
Masofadan boshqarish pultidan foydalangan holda televizorni o’chiring va yoqing.
HDMI kabelini qaytadan ulang.
Televizor yoqilgan holda kompyuterni o’chirib yoqing.
Noto‘g‘ri ko‘rsatayotgan
ekran
Agar mahsulotga tegilganda sovuqdek tuyulsa, u yoqilganda ozgina miltillash bo’lishi mumkin. Bu tabiiy
holdir; mahsulotda hech qanday muammo mavjud emas.
Bu panel millionlab pikselni o’z ichiga olgan ilg’or mahsulot hisoblanadi. Siz panelda o’lchami 1 ppm
bo’lgan kichkina qora nuqtalarni va/yoki yorqin (qizil, ko’k, yashil) rangdagi nuqtalarni ko’rishingiz
mumkin. Bu mahsulotning noto’g’ri ishlayotganligini bildirmaydi va ishlash samaradorligiga va mahsulot
ishonchliligiga ta’sir ko’rsatmaydi. Ushbu hodisa uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarida
ham sodir bo’lishi mumkin va buning uchun ular almashtirib yoki xarajatlar qoplab berilmaydi.
Ko’rish nuqtasiga qarab (chap/o’ng/yuqori/past) paneldagi ravshanlik darajasi va ranglar farq qilishi
mumkin. Bu hodisa panelning o’ziga xos xususiyatlari tufayli sodir bo’ladi. U ishlash samaradorligi bilan
bog’liq emas va uning noto’g’ri ishlayotganligini anglatmaydi.
Uzoq vaqt davomida ekranga tegib turish yoki barmog’(lar)ingiz bilan uni bosib turishdan saqlaning.
Bunday qilish ekranda vaqtinchalik buzilish effektlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Uzoq vaqt davomida harakatsiz tasvirni namoyish qilish qoldiq tasvirga olib kelishi mumkin. TV ekranida
uzoq vaqt davomida harakatsiz tasvirning namoyish qilinishiga yo’l qo’ymang.
Hosil qilingan ovoz “Qarsillovchi” shovqin: Televizor ko’rish yoki o’chirish vaqtida chiqadigan qarsillovchi shovqin harorat
va namlik tufayli plastik tarkibiy qismlarning qisqarishi orqali hosil qilinadi. Bu harorat natijasida
deformatsiyalanish talab qilinadigan mahsulotlar uchun tabiiy hol hisoblanadi.
Elektr zanjirining guvillashi/panelning g’o’ng’illashi: Mahsulotni ishlatish uchun katta miqdordagi elektr toki
bilan ta’minlovchi yuqori tezlikda o’zgaruvchi zanjir tomonidan sezilarsiz shovqin hosil qilinadi. Shovqin
darajasi mahsulotga turiga bog’liq. Ushbu hosil qilingan ovoz mahsulotning ishlash samaradorligiga va
uning ishonchliligiga ta’sir ko’rsatmaydi.
Mahsulotni tozalash vaqtida panel yoki yo’naltiruvchi panelning yuqori, chap yoki o’ng tomonidagi tirqishga har qanday suyuqlik yoki begona
ob’yektlar kirmasligiga ehtiyot bo’ling. (Rusumga qarab)
Ortiqcha suv yoki tozalovchini matodan siqib chiqarganingizga ishonch hosil qiling.
TV ekrani ustiga to’g’ridan-to’g’ri suv yoki tozalovchini sachratmang.
Ekranni artish uchun quruq matoga yetarli darajada suv yoki tozalovchi sepishga ishonch hosil qiling.