LG Electronics 75UR91006LA Ur91 75 Inch 4k Smart Uhd Tv

User Manual - Page 44

For 75UR91006LA.

PDF File Manual, 52 pages, Download pdf file

Loading ...
Loading ...
Loading ...
2
Ushbu qoʻllanmani oʻqishdan avval
Televizoringizdan foydalanishdan avval ushbu qo’llanmani diqqat bilan o’qib chiqing va undan keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo’ying.
Veb-saytdan o'rnatish, foydalanish, muammolarni bartaraf etish, maxsus sinflar, litsenziya va boshqa mavzularni o‘z ichiga oluvchi qo‘llanmani
yuklab olishingiz va ShK yoki mobil qurilmada uning kontentini ko‘rishingiz mumkin.
Foydalanuvchi qo‘llanmasi : Ushbu TV haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun mahsulotga biriktirilgan FOYDALANUVCHI
QO‘LLANMASINI o‘qing. (Rusumga qarab)
- FOYDALANUVCHI QO‘LLANMASINI ochish uchun
→ [ ] → [Yordam] → [Foydalanuvchi qo‘llanmasi]
Alohida xarid
Sifat darajasini yaxshilash maqsadida alohida xarid qilinadigan buyumlar ro’yxati hech qanday ogohlantirishsiz almashtirilishi yoki unga
o’zgartirishlar kiritilishi mumkin. Ushbu buyumlarni xarid qilish uchun o’z dileringizga murojaat qiling. Ushbu qurilmalar faqat ma’lum
rusumlardagina ishlaydi.
Rusum nomi yoki tuzilishi mahsulot funktsiyalarining yangilanishi, ishlab chiqaruvchining vaziyati va ko’rsatmalariga asoslangan holda
o’zgartirilishi mumkin.
Magic masofadan boshqarish pulti :
TV uchun Magic masofadan boshqarish pultidan foydalanish mumkinligini tekshirish uchun TV modeli Simsiz module sharoitida Bluetooth’ni
qo‘llab-quvvatlashini tekshiring.
Antenna va tashqi qurilmalarni ulaydigan kabel alohida sotib olinishi kerak.
Eslatma
Mahsulot texnk xususiyatlari yoki ushbu qo’llanma tarkibiy qismiga mahsulot funksiyalarining yangilanishi tufayli avvaldan ogohlantirishsiz
o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Mahsulotingiz bilan yetkazib beriladigan buyumlar rusumga bog’liq ravishda turlicha bo’lishi mumkin.
Ko’rsatilgan tasvir televizoringizdagidan farqlanishi mumkin.
Ogohlantirish! Xavfsizlik texnikasi ko‘rsatmalari
DIQQAT
OCHILMASIN,
ELEKTR TOKI ZARBASI XAVFI BOR
DIQQAT : ELEKTR ZARBASINING OLDINI OLISH UCHUN QOPQOQNI (YOKI ORQA QISMINI) OCHMANG. ICHIDA FOYDALANUVCHI
TA'MIRLAY OLADIGAN QISMLAR YO‘Q. MALAKALI MUTAXASSISGA MUROJAAT QILING.
Ushbu belgi mahsulot ichida odamlarni elektr zarbasi urishi mumkin bo‘lgan "xavfli kuchlanishga” ega izolyatsiyalanmagan qism borligini
bildiradi.
Ushbu belgi moslama bilan birga kelgan qo'llanma ichida muhim qo‘llash va ta'mirlash (xizmat ko‘rsatish) ko‘rsatmalar borligi haqida
foydalanuvchini ogohlantiradi.
OGOHLANTIRISH: YONG'IN YOKI ELEKTR ZARBASINING OLDINI OLISH UCHUN MAHSULOTNI YOMG'IR OSTIDA YOKI NAM JOYGA
O‘RNATMANG.
YONG‘IN TARQALISHINING OLDINI OLISH UCHUN SHAM
YOKI BOSHQA OCHIQ OLOVGA EGA NARSALARNI DOIMO
MAHSULOTDAN UZOQDA TUTING.
Televizor va/yoki masofadan boshqarish pultini quyidagi
joylarda qoldirmang:
- Mahsulotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlarining ta’siridan
saqlang.
- Namlik yuqori bo’lgan joylar, masalan, hammomda.
- Issiqlik manbalari, masalan, pechlar va boshqa issiqlik hosil
qiluvchi qurilmalar yaqinida.
- Oshxona peshtaxtalari yoki namlantirgichlar yaqinida;
bu yerda ular osongina bug’ yoki moy ta’sirida qolishlari
mumkin.
- Yomg’ir yoki shamol mavjud joylarda.
- Mahsulotni suv tomchilashi yoki sachrashi ta‘siriga
qo‘ymang va vaza, kosa kabi suv to‘ldirilgan buyumlarni
mahsulot ustiga yoki uning yuqorisida (masalan, qurilma
ustidagi tokchalarga) qo‘ymang.
- Benzin yoki shamchiroq kabi tez alanga oladigan narsalar
yoniga, yoki TVga havo konditsioneri to‘g‘ridan-to‘g‘ri
uradigan qilib o‘rnatish.
- O‘ta chang joylarga o‘rnatmang.
Aks holda bu yong‘in, elektr toki urishi, yong‘in/portlash,
noto‘g‘ri ishlash yoki mahsulot deformatsiyasiga olib kelishi
mumkin.
Havo aylanish tizimi
- TVni yaxshi havo aylanish tizimi mavjud bo‘lgan joyga
o‘rnating. Kitoblar javoni kabi yopiq joyga o‘rnatmang.
- Mahsulotni gilam yoki divan yostig’iga o’rnatmang.
- Mahsulot elektr manbaiga ulangan vaqtda uni sochiq yoki
boshqa materiallar bilan to‘smang yoki yopmang.
Havo aylanish tizimi darchalariga tegmayotganiga ishonch
hosil qiling. TVni uzoq vaqt davomida tomosha qilganda, uning
havo aylanish darchalari qizib ketishi mumkin.
Loading ...
Loading ...
Loading ...