Philips GC6720/30 Steam generator iron

User Manual - Page 156

For GC6720/30. Series: GC6700

PDF File Manual, 161 pages, Read Online | Download pdf file

GC6720/30 photo
Loading ...
Loading ...
Loading ...
156
Avtomatiko'chirish
- Agar jihoz 15 daqiqa davomida ishlatilmasa, u kutish rejimiga o'tib qoladi. “Dazmol tayyor” chirog'i
miltillashni boshlaydi.
- Jihozni qayta faollashtirish uchun bug' triggerini bosing. Jihoz qayta qizishni boshlaydi.
- Jihoz kutish rejimiga kirganidan keyin 10 daqiqa davomida ishlatilmasa, jihoz avtomatik o'chib qoladi.
“Dazmol tayyor” chirog'i o'chadi.
Ogohlantirish: Jihoz tarmoqqa ulangan bo'lsa, uni hech qachon qarovsiz qoldirmang. Doim
ishlatilganidan keyin quvvatdan uzib qo'ying.
Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish
Cho'kmalardanaqllitozalashtizimi
Jihozingiz muntazam ravishda toza bo'lishi va cho'kmalardan tozalanishi uchun u Cho'kmalardan aqlli
tozalash tizimi bilan jihozlangan. Bu bug'ning kuchli ishlashini taʼminlashga yordam beradi va vaqt o'tishi
bilan asos plitasidan kir va dog'lar chiqishining oldini oladi. Tozalash jarayoni amalga oshirilishi uchun jihoz
muntazam eslatmalar berib turadi.
Cho'kmadantozalashhaqidaovozlivachiroqeslatmasi
1 oydan 3 oygacha ishlatgandan keyin, Calc-Clean chirog'i miltillashni va jihoz cho'kmalardan tozalash
jarayonini bajarishingiz kerakligini bidirish uchun ovoz chiqarishni boshlaydi (10-rasm).
Bundan tashqari, jihozda cho'kmalar yig'ilishidan himoya qilish uchun ikkinchi himoya bosqichi: agar
cho'kmadan tozalash amalga oshirilmasa, bug' funksiyasi faolsizlantiriladi (11-rasm). Cho'kmadan tozalash
bajarilgach, bug' funksiyasi qayta tiklanadi. Bu ishlatiladigan suv turidan qatʼiy nazar amalga oshadi.
Eslatma: Cho'kmadan tozalash amaliyotini istalgan vaqtda, hatto ovozli va chiroq eslatmasi faollashmagan
bo'lsa ham amalga oshirish mumkin.
Cho'kmadantozalashjarayoninicho'kmadantozalashkonteyneribilanamalga
oshirish
Ogohlantirish: Cho'kmalarni tozalash vaqtida jihozni nazoratsiz qoldirmang.
Diqqat: Har doim cho'kmadan tozalash jarayonini cho'kmadan tozalash konteyneri bilan amalga
oshiring. Dazmolni cho'kmadan tozalash konteyneridan yuqoriga ko'tarish bilan jarayonni
to'xtatmang, chunki asos plitasidan issiq suv va bug' chiqishi mumkin.
1 Suv bakini yarmigacha to'ldiring (12-rasm).
Eslatma: Cho'kmadan tozalash jarayonida jihoz elektr tarmog'iga ulanganiga va YOQILGANLIGIGA
ishonch hosil qiling.
2 Cho'kmadan tozalash konteynerini dazmollash taxtasiga yoki boshqa har qanday tekis, barqaror yuzaga
joylashtiring (13-rasm).
3 Jihozni cho'kmadan tozalash konteyneriga barqaror joylashtiring (14-rasm).
4 Qisqa signallarni eshitmaguningizcha, CALC–CLEAN tugmasini 2 soniya bosib turing (15-rasm).
Eslatma: Cho'kmadan tozalash konteyneri cho'kmadan tozalash jarayonida cho'kma zarralari va issiq
suvni to'plash uchun mo'ljallangan. Butun jarayon davomida dazmolni bu konternerga qo'yish mutlaqo
xavfsiz hisoblanadi.
5 Cho'kmadan tozalash jarayonida siz qisqa signallar va nasos ovozini eshitasiz (16-rasm).
6 Jihoz jarayonni yakunlashi uchun taxminan 2 daqiqa kuting (17-rasm). Cho'kmadan tozalash jarayoni
yakunlanganda, dazmol signal berishni to'xtatadi va CALC-CLEAN chirog'i yonishdan to'xtaydi.
O'zbek
Loading ...
Loading ...
Loading ...