Candy CCRN 6180W Refrigerators

User Manual - Page 24

For CCRN 6180W.

PDF File Manual, 28 pages, Download pdf file

Loading ...
Loading ...
Loading ...
UZ
24
ʻRSATISH

Aynigan mahsulotlarning noxush hidi paydo boʻlishini oldini olish maqsadida sovutkichni muntazam ravishda tozalab turish kerak.
Xavfsizlik maqsadlarida, sovutkichni tozalashdan oldin uni elektr tarmogʻidan uzib qoʻying. Sovutkichni iliq suvda hoʻllangan yumshoq mato
yoki gubka bilan tozalang (yumshoq tozalash vositasini qoʻshish mumkin). Sovutkich yuzasidagi suv tomchilarini quruq yumshoqmato bilan
quritib oling. Eshik zichlashtirgichini doimo toza holda tuting.
Sovutkich juda ogʻir. Uni tozalash yoki ta’mirlash uchun surayotganda polga zarar yetmasligi choralarini koʻring. Polga zarar yetmasligi
uchun sovutkichni chayqatgan holda surmang.
Elektr izolatsiyasiga salbiy ta’sir qilmasligi uchun, uskunaga suv sepmang va quymang.
Sovutkichni qattiq choʻtka, simli choʻtka, kir yuvish kukuni, benzin, amilatsetat, atseton va shunga oʻxshash organik erituvchilar, kislota
yoki ishqor bilan tozalamang. Zarar yetishini oldini olish uchun sovutkichlarni yuvish uchun moʻljallangan maxsus vosita bilan yoki iliq suv va
yumshoq yuvish vositasi bilan tozalang.
Sovuq metalli detallarga nam qoʻllaringiz bilan tegmang, aks holda teringiz sovuq metalli detallarga muzlab yopishib qolishi mumkin

Muzlatish kamerasi avtomatik tarzda muzdan tushiriladi. Qoʻl yordamida boshqarish talab etilmaydi.
Tozalayotganda sovuq shishashi tokchalarni iliq suv bilan yuvmang. Aks holda shisha haroratning keskin oʻzgarishi natijasida yorilishi va
tan jarohati yetishiga yoki mulkning yoʻqotilishiga olib kelishi mumkin.
ʻʻ
Hattoki yozda ham elektr ta’minoti uzilgandan soʻng sovutkichdagi mahsulotlar bir necha soat davomida saqlab turilishi mumkin. Agar
elektr quvvatida uzilish roʻy bersa, uzilish davomiyligi haqida soʻrash uchun elektroenergiya kompaniyasiga qoʻngʻiroq qiling. Elektr ta’minoti
oʻchirilganda sovutkichga qoʻshimcha mahsulotlarni qoʻymang va imkon qadar sovutkich eshigini kamroq ochishga harakat qiling. Agar elektr
ta’minoti oʻchirilishi toʻgʻrisida avvaldan xabar berilgan boʻlsa va oʻchirish 24 soatdan ortiq davom etadigan boʻlsa, oldindan biroz miqdorda muz
tayyorlab oling va uni konteynerga solib, muzlatkichning yuqorigi boʻlmasiga joylashtirib qoʻying.
Elektr ta’minoti oʻchirilgandan keyin yoki boshqa nosozliklar holatida sovutkichda harorat oshgan sari, mahsulotlarni saqlash muddati va
yeyishga yaroqlilik muddati qisqarib boradi.

Agar sovutkichdan uzoq vaqt davomida foydalanilmaydigan boʻlsa, uni elektr tarmogʻidan uzib qoʻying va yuqorida bayon etilgan uslub bilan
tozalang. Sovutkichda qolgan mahsulotlardan noxush hid paydo boʻlishini oldini olish maqsadida sovutkich eshigini ochiq qoldiring.
Sovutkich belgilangan muddat ishlab berishini ta’minlash uchun, zaruriyat tugʻilmaguncha sovutkichni oʻchirmaslik tavsiya etiladi.

Uzoq davom etadigan ta’tilga ketayotganda elektr ta’minotini uzib qoʻying. Barcha mahsulotlarni chiqarib tashlang va barcha qirov erib
ketguncha kuting. Shundan soʻng sovutkichning ichki qismini tozalang va quriting, sovutkichda qolgan mahsulotlardan noxush hid paydo
boʻlishini oldini olish maqsadida sovutkich eshigini ochiq qoldiring.
ʻ
Sovutkichni elektr tarmogʻida uzing. Barcha mahsulotlarni chiqaring. Tokchalarni va meva-sabzavot uchun konteynerni, shuningdek boshqa
harkatlanuvchi qismlarni muzlatkich ichiga yopishqoq lenta yordamida mahkamlab oʻrnating. Sovutkich eshigini yoping va uni yopishqoq lenta
yordamida mahkamlang. Sovutish tizimiga zarar yetkazmaslik uchun uni 45 gradusdan ortiq burchakka ogʻdirmang. Mulkka zarar yetishini
hamda tan jarohati yetishini oldini olish maqsadida sovutkichni eshigidagi dastasidan tutgan xolda harakatlantirmang.

Servis markazga murojaat qilishdan avval nosozliklarni aniqlash va bartaraf qilish jadvali bilan tanishib chiqing. Bu sizning vaqtingizni qanday
boʻlsa, pulingizni ham xuddi shunday tejashga yordam beradi. Jadval umumiy muammolarga ega, bajarilish sifati yoki muzlatgich materialidagi
nuqsonlar bilan chaqirilgan muammolardan tashqari.
  
Muzlatgichning ishi
Kompressor ishlamayapti
Sovutkich muzdan tushirish
siklida ishlamoqda.
Sovutkich elektr ta’minot
tarmogʻiga ulanmagan.
Sovutkich OʻCHIRILGAN.
Avtomatik tarzda muzdan tushirish rejimidagi sovutkich uchun bu
me’yoriy holat.
Elektr vilkasi rozetkaga mustahkam ravishda kiritilganligiga ishonch
hosil qiling.
Sovutgichni qayta yoqish uchun Quvvat tugmasini 3 soniya yoki
undan ko’proq bosib ushlab turing.
Sovutkich sovutish
jarayonini tez-tez ishga
tushiryapti yoki uzoq
vaqt davomida ishlayapti
Tashqaridagi yoki ichkaridagi
harorat oʻta baland.
Sovutkich elektr tarmogʻidan
uzoq muddatga uzib qoʻyilgan.
Eshikcha tez-tez ochilmoqda
yoki uzoq vaqt davomida ochiq
qoldirilmoqda.
Sovutkich / muzlatkich
eshikchasi zich yopilmayapti.
Muzlatkich kamerasi harorati
juda past darajaga oʻrnatilgan.
Sovutkich/muzlatkich
eshikchasining zichlashtirgichi
ifloslangan, yedirilib ketgan,
yorilgan yoki mos emas.
Bu holda sovutkichning uzoqroq vaqt ishlashi me’yoriy holat
hisoblanadi.
Sovutkich toʻliq sovushi uchun odatda 8 – 12 soat ketadi.
Iliq havo sovutkichga kirib keladi va uni tez-tez ishlashiga majbur
qiladi. Eshikchani tez-tez ochmang.
Sovutkich tekich yuzada joylashganligiga hamda hyech qanday
mahsulotlar yoki idishlar eshikchaga tegib turmayotganligiga ishonch hosil
qiling. «Ogohlantirishlar» boʻlimidagi «Eshikcha/yashikni ochish/yopish»
mavzusini koʻring.
Sovutkichda qoniqarli harorat oʻrnatilgunga qadar balandroq harorat
darajasini oʻrnating. Sovutkich haroratining moʻ’tadillashishiga 24 soat
vaqt ketadi.
Eshikcha zichlashtirgichini tozalang yoki almashtiring. Eshik
zichlashtirgichidagi germetiklikning yoʻqotilishi sovutkichdagi zarur
haroratni ushlab turish uchun uning uzoqroq vaqt davomida ishlashiga
olib keladi.
Haddan tashqari yuqori harorat
Muzlatkichdagi harorat
juda baland, lekin bu
vaqtda sovutkichdagi
harorat me’yorda
Muzlatkichda juda yuqori harorat
oʻrnatilgan.
Muzlatkich haroratini pastroq darajaga oʻrnating. Sovutkich
haroratining moʻ’tadillashishiga 24 soat vaqt ketadi.
Loading ...
Loading ...
Loading ...