Candy CCRN 6180W Refrigerators

User Manual - Page 22

For CCRN 6180W.

PDF File Manual, 28 pages, Download pdf file

Loading ...
Loading ...
Loading ...
UZ
22

Tavsif
ʻ

 Sovutkich
eshigini oson va qulay ochish mumkin boʻlgan joyni tanlang.
Sovutkich tekis va qattiq yuzada joylashtirilishi lozim. Agar sovutkich qiya joyda joylashsa, sovutish tizimining ichki ishlashida nosozliklar
yuzaga kelishi mumkin. Agar sovutkich notekis yuzaga joylashtirilsa, taglik sifatida mustahkam va olovga chidamli materiallardan foydalanilishi
kerak. Agar sovutkich biroz nobarqaror boʻlsa, siz sovutkichning rostlanadigan oyoqchalarini soat strelkasi yoʻnalishida boʻyicha yoki teskari
yoʻnalishda aylantirgan holda uni uzaytirishingiz yoki qisqartirishingiz mumkin.
Sovutkichni oʻrnatish uchun joyning rasmdagi oʻlchamlarga mos kelishiga ahamiyat bering.
Sovutkich eshigining toʻgʻri yopilishini ta’minlash uchun u biroz orqaga egilgan boʻlishi lozim – bu konstruktiv oʻziga xos jihat.

Oʻralgan sovutkich nisbiy namligi 80% dan ortiq boʻlmagan sharoitda, tabiiy shamollatishga ega boʻlgan yopiq xonalarda vertikal holatda
saqlanishi lozim.
Uzoq muddatga elektr tarmogʻidan uzilgan sovutkich ichidan barcha mahsulotlarni chiqarib tashlab, muzlatish kamerasini muzdan
tushirish va kameralarni tozalash kerak. Tozalangandan keyin, kameralarda noxush hid paydo boʻlishini oldini olish uchun, sovutkichning
eshiklarini biroz ochiq qoldirish kerak
Sovutkichni vertikal holatda istalgan turdagi usti yopiq transportda, sovutkichni har qanday ehtimoliy zarblar, surilib ketish va agʻdarilib
tushishning yuzaga kelishini oldini olgan holda ishonchli tarzda mahkamlab tashish mumkin.
 Sotish shartlari mamlakatning mahalliy qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

Oʻramini, penoplastli asosni va yopishqoq lentani, mahkamlovchi aksessuarlarni olib tashlang. Ilova qilingan hujjatlar va aksessuarlarni
tekshiring. Komplektatsiyada tafovut boʻlsa, xarid qilingandan keyin 14 kun ichida magazinga murojaat qiling. Sovutkichni tegishli joyga
surib joylashtiring «Joylashtirish oʻrni» boʻlimiga qarang. Foydalanishdan oldin korpusni tozalash tavsiya qilinadi. Sovutkichga oziq-ovqat
mahsulotlarni joylashtirishdan oldin uning tashqi va ichki qismlarini namlangan yumshoq mato bilan tozalang. Uskunani tekis joylashtirib,
tozalagandan soʻng, uni yoqishdan oldin normal holatda ishlashini ta’minlash uchun, sovutkichni yoqilmagan holatda kamida 6 soatga qoldiring.
Sovutkich ma’lum bir muddat ishlagandan soʻng va sovutkich boʻlmasi yetarli darajada sovugandan keyin unga mahsulotlarni joylashtiring.


Bu sxema siz xarid qilgan muzlatgichdan ozgina farq qilishi mumkin.
1) Boshqarish paneli (termostat)
2) Ichki chiroq
3) Tartibga keltiriluvchi rafchalar
4) SHishalar qo’yiladigan rafchalar
5) Meva va sabzavotlar uchun quti
6) Tuxumdon
7) Muzlatgich kamerasi qutilari
8) Tartibga keltiriluvchi oyoqchalar

(A) Kutish tartibining funksional tugmasi;
(B) Indikator 1
(C) Indikator 2
(D) Indikator 3
(E) Indikator 4
(F) Tez sovitish funksiyasi indikatori
(G) rejimni tanlash tugmasi


Sovutgich eshigi ochiladi va displey paneli yonadi. Sovutgichning haroratini sozlash uchun «G,» tugmasini bosing. Har safar «G» tugmachasini
bosganingizda 2-3-4 indikatori yonadi, so’ngra tez sovutish indikatori va yana aylana ichida 1-2-3-4 - yonadi. O’rnatish rejimini tanlashni tasdiqlamasdan,
pozitsiya avtomatik ravishda tasdiqlanadi.
Loading ...
Loading ...
Loading ...