Karcher 1.633-780.0 WV 7 Signature Line

Bedienungsanleitung - Page 69

For 1.633-780.0.

PDF File Manual, 76 pages, Read Online | Download pdf file

1.633-780.0 photo
Loading ...
Loading ...
Loading ...
O ʻ zbek tili 69
Yetkazib berish hajmi
Uskuna va yetkazib beriluvchi butlovchi qismlar uskuna
qadog‘ida ko‘rsatilgan. Uskuna qadog‘ini ochayotganda
butlovchi qismlarining to‘liq ekanligini tekshiring. Biror
butlovchi qism yo‘q bo‘lsa yoki tashish davomida
uskunaga shikast yetgan bo‘lsa, dileringizga xabar
qiling.
Atrof-muhitni muhofaza qilish
Qadoq chiqitga chiqarilishi kerak bo‘lgan material
hisoblanadi. Qadoq atrof-muhitga zarar
yetkazmagan holda chiqitga chiqarilishi kerak.
Elektr va elektron jihozlar tarkibida chiqitga
chiqariluvchi qimmatbaho materiallar va
ko‘pincha noto‘g‘ri muomala qilingan yoki noto‘g‘ri
chiqitga chiqarilgan hollarda inson salomatligi
yoki atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan
detallar, masalan, akkumulyatorlar, batareyalar va moy
kabilar mavjud bo‘ladi. Biroq ushbu detallar jihozning bir
me’yorda ishlashi uchun zarurdir. Ushbu belgi qo‘yilgan
jihozlarni maishiy chiqindilar bilan aralashtirilmaslik
lozim.
Tarkibida mavjud bo‘lgan moddalar bo‘yicha
ko‘rsatmalar (REACH)
Jihoz tarkibida mavjud boʻlgan moddalar boʻyicha
dolzarb maʼlumotlarni quyidagi manzildan olishingiz
mumkin: www.kaercher.de/REACH
Transport
Akkumulyator yuklarni tashish bo‘yicha xalqaro
qoidalarga muvofiq tarzda tekshirilgan va u tashilishi
yoki jo‘natilishi mumkin.
Kafolat
Har bir mamlakatda kafolat shartlari biz tayinlagan
mas’ul savdo kompaniyalari tomonidan chop qilinadi.
Kafolat muddati davomida uskunangizdagi ehtiyot
qismlar yoki ishlab chiqarishda yo‘l qo‘yilgan har
qanday nosozliklarni ta’mirlab beramiz. Kafolat bilan
bog‘liq holatlarda dileringiz yoki eng yaqin servis
markaziga murojaat qiling.
(Ularning manzillari orqa tarafda ko‘rsatilgan)
Butlovchi va ehtiyot qismlar
Faqat asl butlovchi yoki ehtiyot qismlardan foydalaning,
bu asbobning xavfsiz va halokatsiz tarzda ishlashining
kafolatidir.
Butlovchi va ehtoyot qismlari bo‘yicha ma’lumotlarni
quyidagi manzildan olishingiz mumkin:
www.kaercher.com.
Jihoz buzilgan holatlarda yordam
Quyidagi yordamchi ko‘rsatmalar yordamida oddiy
xatolar oqibatida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf
qilishingiz mumkin. Bunga biror shubha bo‘lsa yoki bu
yerda keltirilmagan nosozliklarga duch kelsangiz,
vakolatli mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga
murojaat qiling.
Akkumulyator avaylab ishlatilganida ham uning sig‘imi
eskirgani sayin kamayib boradi, shu bois u hatto
quvvatga to‘la holatda ham to‘liq ish soatini ta’minlab
bera olmasligi mumkin. Bu nosozlik emas.
Xatoliklar kodlari va ta’riflari
Akkumulyator to‘liq quvvat olib
bo‘lganidan so‘ng LED-chiroq
60 daqiqa yonib turadi va keyin
o‘chadi.
Ekrandagi belgi Xatolik ta’rifi Xatoni bartaraf etish
E1 Akkumulyator toʻplami harorati
juda past yoki juda yuqori.
Uskunani ozroq soviting yoki qizdiring.
Uskunani xona haroratiga mos darajada saqlang va
ishlating.
E2 So‘rib oluvchi turbinadan juda katta
miqdorda suyuqlik yoki qattiq
jismlar o‘tishi natasida u to‘silib
qolishi mumkin.
Yotiq sirtlardan katta hajmda suyuqlik tortib olmang.
Chang yoki qattiq jismlarni tortish uchun ishlatmang.
Chindi suv uchun mo‘ljallangan idishni maksimal belgiga
yetmasidan avval bo‘shating.
Faqat oddiy (tarkibida spirti bo‘lmagan, ko‘piksiz) tozalash
vositalaridan foydalning. KÄRCHERning oyna tozalash
uchun mo‘ljallangan konsentratlaridan foydalanganingiz
ma’qulroq.
E3 Quvvatlash kuchlanishi o‘ta yuqori. Faqat qo‘shib berilgan quvvatlash moslamasi yoki
KÄRCHER ma’qullagan quvvatlash moslamasidan
foydalaning.
E4 Akkumulyator toʻplami
kuchlanishi < 3 V.
Qurilma ichida xatolik. Sotuvchiga yoki vakolatli
mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Lo Akkumulyator quvvatsizlandi. Qurilmani qo‘shib berilgan quvvatlash moslamasi yoki
KÄRCHER ma’qullagan quvvatlash moslamasi
yordamida quvvatlang.
Loading ...
Loading ...
Loading ...