Karcher 1.633-517.0 WV 6 Plus D500

Bedienungsanleitung - Page 70

For 1.633-517.0.

PDF File Manual, 76 pages, Read Online | Download pdf file

1.633-517.0 photo
Loading ...
Loading ...
Loading ...
O ʻ zbek tili
70
Atrof-muhitni muhofaza qilish
Qadoq chiqitga chiqarilishi kerak bo‘lgan material
hisoblanadi. Qadoq atrof-muhitga zarar
yetkazmagan holda chiqitga chiqarilishi kerak.
Elektr va elektron asboblar tarkibida chiqitga
chiqariluvchi qimmatbaho materiallar va
ko‘pincha noto‘g‘ri muomala qilingan yoki noto‘g‘ri
chiqitga chiqarilgan hollarda inson salomatligi
yoki atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan
detallar, masalan, akkumulyatorlar, batareykalar va moy
kabilar mavjud bo‘ladi. Biroq ushbu detallar qurilmaning
me’yorida ishlashi uchun zarurdir. Ushbu belgi qo‘yilgan
asboblarni maishiy chiqindilar bilan aralashtirilmaslik
lozim.
Tarkibida mavjud bo‘lgan moddalar bo‘yicha
ko‘rsatmalar (REACH)
Jihoz tarkibida mavjud bo‘lgan moddalar bo’yicha
dolzarb ma’lumotlarni quyidagi manzildan olishingiz
mumkin: www.kaercher.com/REACH
Transport
Akkumulyator yuklarni tashish bo‘yicha xalqaro
qoidalarga muvofiq tarzda tekshirilgan va u tashilishi
yoki jo‘natilishi mumkin.
Kafolat
Har bir mamlakatda kafolat shartlari biz tayinlagan
mas’ul savdo kompaniyalari tomonidan chop qilinadi.
Kafolat muddati davomida uskunangizdagi ehtiyot
qismlar yoki ishlab chiqarishda yo‘l qo‘yilgan har
qanday nosozliklarni ta’mirlab beramiz. Kafolat bilan
bog‘liq holatlarda dileringiz yoki eng yaqin servis
markaziga murojaat qiling.
(Ularning manzillari orqa tarafda ko‘rsatilgan)
Butlovchi va ehtiyot qismlar
Faqat asl butlovchi yoki ehtiyot qismlardan foydalaning,
bu asbobning xavfsiz va halokatsiz tarzda ishlashining
kafolatidir.
Butlovchi va ehtoyot qismlari bo‘yicha ma’lumotlarni
quyidagi manzildan olishingiz mumkin:
www.kaercher.com.
Jihoz buzilgan holatlarda yordam
Quyidagi yordamchi ko‘rsatmalar yordamida oddiy
xatolar oqibatida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf
qilishingiz mumkin. Bunga biror shubha bo‘lsa yoki bu
yerda keltirilmagan nosozliklarga duch kelsangiz,
vakolatli mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga
murojaat qiling.
Akkumulyatordan avaylab foydalanilganda ham uning
sig‘imi kamayib boradi va u to‘la quvvatlangan holatda
ham to‘liq ish vaqti ta’minlanmasligi mumkin. Bu
nosozik emas.
Xatoliklar kodlari va ta’riflari (WV 6)
Ekrandagi belgi Xatolik ta’rifi Xatoni bartaraf etish
E1 Akkumulyator harorati juda past
yoki juda yuqori.
Qurilmani ozroq soviting yoki qizdiring.
Qurilmani xona haroratiga mos darajada saqlang va
ishlating.
E2 So‘rib oluvchi turbinadan juda katta
hajmda suyuqlik yoki qattiq jismlar
o‘tishi natijasida u to‘silib qolishi
mumkin.
Gorizontal sirtlardan katta hajmlarda suyuqlik tortib
olmang.
Chang yoki qattiq jismlarni tortib olmang.
Chiqindi suv uchun mo‘ljallangan idishni maksimal
belgiga yetmasidan oldin bo‘shating.
To‘g‘ri kelmaydigan tozalash vositalaridan (spirtlar va
ko‘pikli yuvish vositalaridan) foydalanmang. Eng maqbuli
– KÄRCHERning oyna tozalash konsentratlarida
n
f
oydalanish.
E3 Zaryadlash kuchlanishi o‘ta yuqori. Faqat qo‘shib berilgan quvvatlash moslamasi yoki
KÄRCHER ma’qullagan quvvatlash moslamasidan
foydalaning.
E4 Akkumulyator kuchlanishi < 3 В. Qurilmada ichki xatolik. Sotuvchiga yoki vakolatli
mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Lo Akkumulyatorning quvvati
qolmagan.
Qurilmani qo‘shib berilgan quvvatlash moslamasi yoki
KÄRCHER ma’qullagan quvvatlash moslamasi
yordamida quvvatlang.
Loading ...
Loading ...
Loading ...