Karcher 1.633-517.0 WV 6 Plus D500

Bedienungsanleitung - Page 69

For 1.633-517.0.

PDF File Manual, 76 pages, Read Online | Download pdf file

1.633-517.0 photo
Loading ...
Loading ...
Loading ...
69
O ʻ zbek tili
olovga yoki maishiy chiqindilarga tashlamang.
● Nuqsonli batareyadan oqib chiquvchi suyuqlikka tegib
ketishdan saqlaning. Agar tegib ketsangiz, darhol suv
bilan chayib tashlang va ko‘zingizga tegib ketadigan
bo‘lsa, shifokoringizdan maslahat oling.
OGOHLANTIRISH ● Shikastlanish xavfi.
Suyuqlikni uskunadan ko‘zga purkamang.
EHTIYOT BO'LING ● Agar uskuna avval
yerga tushib ketgan, ko‘rinarli darajada shikastlangan
yoki undan suyuqlik oqayotgan bo‘lsa, undan
foydalanmang.
DIQQAT ● Uskunaning ishlangan gazlar chiqadigan
teshigiga biror narsa tiqmang. ● Deraza tozalagichni
ta’sirchan (nozik shishali) yuzalarda ishlatishdan oldin,
mikrotolali gubkani tozalanayotgan joyning ko'z
tushmaydigan qismida sinab ko‘ring. ● Uskunani verikal
holatda saqlang. ● Jihozni faqat quruq xonalarda
saqlang. ●  Iflos suv sig‘imidagi MAX belgisiga yetilishi
bilan qurilmani o‘chiring va sig‘imni bo‘shating.
Uskunadan to‘g‘ri maqsadda
foydalanish
Uskunadan faqat shaxsiy maqsalarda foydalaning.
Akkumulyatorda ishlovchi ushbu uskuna oyna, ko‘zgu
yoki koshin singari nam, silliq yuzalarni tozalash uchun
mo‘ljallangan. Xavfsizlik ko‘rsatmalariga rioya qiling.
Uskunani hech qachon changyutgich sifatida
foydalanmang.
Ko‘pi bilan 25 ml suyuqlik tortib oling. Bu uskuna
yotiq yuzadagi ko‘p miqdordagi suyuqlikni, masalan,
yerga tushib ketgan stakandagi suyuqlikni tortish
uchun mo‘ljallanmagan.
Uskunani faqat oddiy tozalash vositalari (tarki
bida
spirti bo‘lmagan, ko‘piksiz vositalar) bilan birga
qo‘llang.
Faqat KÄRCHER kompaniyasi ma’qullaga
n
butlovchi va ehtiyot qismlardan foydalaning.
Undan boshqalaridan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Ishlab chiqaruvchi bundan ko‘rilgan har qanday zarar
uchun mas’ul emas; bunday xavf uchun
foydalanuvchining o‘zi javobgardir.
Belgilar
Uskunadagi belgilar
(Uskuna turiga ko‘ra)
Foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalardagi
belgilar
Yetkazib berish hajmi
Uskuna va yetkazib beriluvchi butlovchi qismlar uskuna
qadog‘ida ko‘rsatilgan. Uskuna qadog‘ini ochayotganda
butlovchi qismlarining to‘liq ekanligini tekshiring. Biror
butlovchi qism yo‘q bo‘lsa yoki tashish davomida
uskunaga shikast yetgan bo‘lsa, dileringizga xabar
qiling.
Akkumulyatorni faqat unga qo‘shib beriladigan,
KÄRCHER ma’qullagan quvvatlash moslamasi
yordamida quvvatlash zarur.
Quvvatlash moslamasidan faqat quruq
binolarda foydalaning.
Akkumulyatordagi nominal
kuchlanish
Uskunaning nominal quvvati
Energiya iste’moli
Akkumulyator sig‘imi
Quvvatlash moslamasidagi
chiquvchi kuchlanish/chiquvchi
tok
Himoya darajasi
Chiqindi suv idishi sig‘imi
Ovoz balandligi darajasi (EN
60704-2-1)
Vazni
Quvvati tugagan
akkumulyatorni quvvatlash
vaqti
To‘liq quvvatlangandagi ishlash
vaqti
Uskuna turiga ko‘ra belgilar
Akkumulyator to‘liq quvvat olib
bo‘lganidan so‘ng LED-chiroq
60 daqiqa yonib turadi va keyin
o‘chadi.
_
+
_
+
60 min
Loading ...
Loading ...
Loading ...