Karcher 1.602-823.0 K 3 Horizontal Plus

Bedienungsanleitung - Page 45

For 1.602-823.0.

PDF File Manual, 48 pages, Read Online | Download pdf file

1.602-823.0 photo
Loading ...
Loading ...
Loading ...
Oʻzbek tili 45
Texnika xavfsizligi bo‘yicha umumiy
ko‘rsatmalar
XAVFLI ● Bo‘g‘ilish xavfi! Qadoqlash
plyonkasini bolalardan uzoqroqda ushlash lozim.
OGOHLANTIRISH ● Qurilmadan faqat
foydalanish tavsiya qilingan maqsadlar uchun
foydalaning. Mahalliy sharoitlarni hisobga oling va
qurilma bilan ishlaganda begona kishilar, ayniqsa
bolalalarni nazorat qilib turing. ● Jismoniy, sezish yoki
aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki tajribasi yoki bilimi
yetarli bo‘lmagan shaxslarga faqat ular tajribali
foydalanuvchi nazorati ostida bo‘lganlarida yoki ularga
ularning xavfsizligiga javobgar shaxs tomonidan
qurilma bilan xavfsiz ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar
berilgan va ular buning natijasida yuzaga keluvchi
xatarlarni anglab yetadigan hollardagina qurilmadan
foydalanishga ruxsat beriladi. ● Bolalarning qurilmadan
foydalanishlari ta’qiqlanadi. ● Bolalarning uskuna bilan
o‘ynamasliklariga amin bo‘lish uchun ularni nazorat
qiling.
EHTIYOT BO'LING ● Himoya qurilmalari
sizning xavfsizligingizni ta’minlashga mo‘ljallangan.
Himoya qurilmalarini o‘zgartirmang yoki o‘chirib
qo‘ymang.
Elektr toki urish xavfi
XAVFLI ● Himoya singi I bo‘lgan qurilmalarni
ta’minot manbalariga tegishli tarzda yerga ulagan holda
ulash lozim. ● Qurilmani faqat o‘zgaruvchan tok
manbaiga ulashga ruxsat beriladi. Zavodda
yopishtirilgan yorliqda ko‘rsatilgan kuchlanish
tarmoqdagi kuchlanishga mos kelishi kerak.
● Qurilmadan faqat nosozliklardan himoya avtomati
bilangina foydalanishga ruxsat beriladi (maks. 30 mA).
● Ho‘l qo‘l bilan hech qachon elektr simlar va rozetkani
ushlamang. ● Tarmoq vilkasi va uzaytirgich muftasi suv
o‘tkazmaydigan bo‘lishi va suvda joylashmasligi kerak.
Birlashtirish muftasi polda yotmasligi kerak.
Rozetkaning poldan kamida 60 mm balandda bo‘lishini
kafolatlovchi kabel barabanlaridan foydalaning.
● Barcha tok o‘tkazuvchi qismlar suv tegishidan
himoyalangan bo‘lishi kerak.
OGOHLANTIRISH ● Qurilmani elektrik-
mutaxassis tomonidan IEC 60364-1 ga ko‘ra bajarilgan
ta’minot manbasiga ulang. ● Qurilmadan har safar
foydalanishdan oldin uning elektr kabeli bilan
sanchqisiga shikast yetmaganiga ishonch hosil qiling.
Agar uning elektr kabeli shikastlangan boʻlsa, ehtimoliy
xavfning oldini olish uchun uni almashtirish uchun ishlab
chiqaruvchiga, vakolatli servis agentiga yoki malakali
elektr ustasiga darhol murojaat qilish zarur. ● Tarmoq
kabeli yoki uzaytirgichni ustidan bosish, ortiqcha siqish,
cho‘zish yoki bosha shunga o‘xshash harakatlar bilan
shikastlamaslikka harakat qiling. Tarmoq kabelini yuqori
harorat, yog‘lar va o‘tkir qirralarning ta’siridan himoya
qilish lozim. ● Mos kelmaydigan elektr uzaytirgichlar
xavfli bo’lishlari mumkin. Ochiq havoda faqat
sertifikatga ega bo‘lgan va tegishli tarzda yorliqlangan,
kabel kesimi yetarlicha bo‘lgan elektr uzaytirgichlaridan
foydalaning: 1-10 m: 1,5 mm
2
, 10-30 m: 2,5 mm
2
EHTIYOT BO'LING ● Kabelni doimo kabel
barabanidan to‘liq bo‘shating. ● Qurilmadan uzoq vaqt
foydalanilmaydigan hollarda va foydalanib bo‘lgandan
keyin qurilmani asosiy o‘chirgichdan o‘chiring va vilkani
tarmoqdan uzib qo‘ying.
Ishlatish
XAVFLI ● Portlash xavfi mavjud bo‘lgan
zonalarda foydalanish ta’qiqlanadi. ● Erituvchilar,
tarkibida erituvchilar bo‘lgan suyuqliklar yoki eritilmagan
kislotalarni yutib yubormang. Ularga, masalan, benzin,
bo‘yoq erituvchilar yoki pech yoqilg‘isi kiradi. Aerozol
bug‘lari yuqori darajada toksik, o‘ta portlovchan va
zaharlidir. ● Shikastlangan avtomobil pokrishkalari/
pokrishkalarning nippellari hayot uchun xavflidir.
Avtomobil pokrishkalari/pokrishkalarning nippellari
yuqori bosim ostida shikastlanishi va portlab ketishi
mumkin. Buning birinchi belgisi bo‘lib pokrishkalar
rangining o‘zgarishi hisoblanadi. Pokrishkalar/
pokrishkalar nippellarini tozalaganda forsunkadan
kamida 30 sm masofa saqlash lozim.
OGOHLANTIRISH ● Agar ta’sir zonasida
tegishli himoya kiyimi kiymagan odamlar mavjud bo‘lsa,
qurilmadan foydalanmang. ● Kiyim yoki poyabzalni
tozalash uchun yuqori bosimli oqimni o‘zingiz tomonga
yo‘naltirmang. ● Yuqori bosimli suv oqimini odamlar,
hayvonlar, ishlab turgan elektr jihozlari yoki qurilmaning
o‘ziga yo‘naltirmang. ● Yuqori bosimli suv oqimida
tarkibida salomatlik uchun xavfli bo‘lgan moddalar
(masalan, asbest) mavjud bo‘lgan buyumlarni
tozalamang. ● Har safar ishga tushirishdan avval
qurilma va butlovchi qismlar, masalan, yuqori bosim
shlangi, pistolet-purkagich va himoya qurilmalarini
tegishli holatda ekanligi va foydalanish uchun xavfsiz
ekanligini tekshiring. Shikastkanishlar mavjud bo‘lgan
hollarda qurilmadan foydalanish ta’qiqlanadi.
Shikastlangan komponentlarni darhol almashtirish
lozim. ● Faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya
qilingan yuqori bosim shlangi, armatura va muftalardan
foydalaning. ● Qaynoq suvda kuydirib olish xavfi. Ish
tugaganidan keyin yuqori bosim shlangi va uzatgichlar
uzilganidan keyin fitinglardan qaynoq suv chiqishi
mumkin.
EHTIYOT BO'LING ● Amalda bo’lgan
ko’rsatmalarga ko’ra qurilmadan hech qachon ichimlik
suvi tarmog’idagi tizimli himoyasiz foydalanmang.
Yuqori bosimli yuvgichga suv beruvchi vodoprovodga
ulanishning EN 12729 ga ko‘ra BA tipidagi tizimli
o‘chirgich bilan jihozlanganligiga ishonch hosil qiling.
● Tizimli o‘chirgich avtomati orqali o‘tgan suv ichimlik
suvi hisoblanmaydi. ● Ishlayotgan vaqtda qurilmani
qarovsiz qoldirmang. ● Forsunkadagi yuqori bosimli
oqim pistoletga tepki qaytaradi. Ishonchli tayanch bilan
ta’minlang va yuqori bosim pistoleti va purkovchi
trubkani mahkam ushlang. ● Qurilma ag‘darilib tushgan
hollarda jarohat va shikastlar yetkazishi mumkin.
Qurilma bilan/qurilmada har safar ishlaganda uning
turg‘unligini ta’minlash zarur.
DIQQAT ● 0 °C dan past haroratlarda qurilmadan
foydalanmang.
Tozalash vositalaridan foydalanish
OGOHLANTIRISH ● Tozalash
vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish og‘ir jarohatlanish
yoki zaharlanishlarga olib kelishi mumkin.
EHTIYOT BO'LING ● Tozalash vositalarini
bolalarning qo‘llari yetmaydigan joylarda saqlang.
● Faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib
beriladigan yoki tavsiya qilingan tozalash vositalaridan
foydalaning. Boshqa tozalash vositalari yoki
ximikaliylardan foydalanish qurilmaning xavfsizligiga
ta’sir qilishi mumkin.
Loading ...
Loading ...
Loading ...